Vashington choyxonasi: AQShda muvaffaqiyat qozongan o'zbekistonlik ayol

  • Amerika Ovozi

Sitora Ashrafova

"Vashington choyxonasi" dasturimizning navbatdagi mehmoni - AQShning Nyu-York shahrida tibbiyot markazi ochgan yosh tadbirkor, o'zbekistonlik Sitora Ashrafova.

Sitora 15 yoshida Amerikaga kelib, Nyu-Yorkda o’rta maktabni bitirdi va oliy ma’lumot oldi. Sog’liqni saqlash tizimidagi bir nechta tibbiyot maskanlarida menejerlik lavozimida ishlagan. Hozir o’z biznesini ochib, unga rahbarlik qilib kelyapti.

U bilan AQShda yashash, o'qish va biznes ochishning o'ziga xoh jihatlari, qiyinchilik va mashaqqatlari haqida gaplashdik. Suhbatdoshimiz Amerikaga yangi kelgan muhojirlarga o'z maslahatlarini ham berdi. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Tadbirkor Sitora Ashrafova bilan suhbat