Maxfiy hujjatlarni ommaga oshkor qilib tanilgan "WikiLeaks" sahifasi yaqinda e'lon qilgan yangi dokumentga ko'ra, Amerika Yaponiya hukumati va kompaniyarini yashirincha kuzatgan.
"WikiLeaks" bugun, juma kuni 35 kompaniya, vazirlik va rasmiyning ro'yxatini chop etdi. AQSh Milliy xavfsizlik agentligi ularning ortidan josuslik qilgan.
Kuzatuv 2006-yildan beri amalga oshirib kelingan. Maxfiy ma'lumot Avstraliya, Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya razvedkasiga ham ulashilgan.
Qo'shma Shtatlar va Yaponiya Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri ittifoqchilar hisoblanib keladi. Tokiodan hozircha munosabat yo'q.
O'tgan yilning yozida "WikiLeaks" e'lon qilgan hujjatlarga ko'ra, AQSh Fransiyaning uch prezidentini zimdan kuzatgan. Undan oldin esa Amerika Milliy xavfsizlik agentligi Germaniya kansleri Angela Merkelning shaxsiy telefonini yashirincha eshitib borgani ayon bo'lgan edi.