BMT ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo'ylab ayollar va bolalar salomatligi oxirgi yillarda ancha yaxshilanmoqda. Tarixda bunday jadallik kuzatilmagan. Salomatlik dasturlari son-sanoqsiz insonlar hayotini saqlab qolmoqda.
Hozirda hatto eng qashshoq davlatlarda ham tug’uruq jarayonida ona va bola o’limi kamaygan.Bu natija BMT 2010-yilda boshlagan “Har bir ona, har bir bola” dasturi samarasidir. 800 dan ortiq tashkilotni birlashtiradi. Ular orasida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ham bor.
"Ko’plab ayollarga tug’uruq jarayonida, homiladorlik va tug’uruqdan keyingi ahvolini kuzatib borishda malakali mutaxassislar xizmati ta’minlangan. Bolalar ham ko’proq vaksina olayapti", - deydi dastur hamkorlaridan biri Xelga Fogstad.
Ona va bola salomatligini yaxshilash maqsadida davlatlar va xususiy tashkilotlar 45 milliard dollar ajratgan. Bu mablag’ doyalarning malakasini oshirish, homiladorlar, bolalar va o’smirlarni sifatli oziqlanritish, ichimlik suvi va ta’lim yo’lida sarflanyapti.
Natijada, 1990-yildan beri onalar o’limi 44 foizga va besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 50 foizga kamaydi.
Bu ko’rsatkichlar gumanitar sohadagi ulkan yutuq. Iqtisodiy jihatdan ham ahamiyatli. Sababi kasallikka qarshi kurashishga xarajat qilmaslikning o’zi davlatga foyda. Sog’lom odamlarning jamiyatga foydasi kattaroq.
"Ayollar, bolalar va o’smirlar salomatligiga sarmoya qilish davlatni boyitadi, farovonlikni oshiradi", - deydi Xelga Fogstad.
Oddiy kasalliklardan ona-bola va o’smirlar o’limi qashshoq, o’rta daromadli davlatlarda ko’p uchraydi. 2015-yilda 300 ming ayol homiladorlik va tug’uruq jarayonida o’lgan. Besh yoshdan oshmagan olti million bola ham oddiy kasalliklardan jon bergan. Har yili 16 ming bola nobud bo’lyapti.
Ayni damdagi maqsad dastur samarasini oshirish.