Xitoyda politsiya 13 kishini otib o'ldirgan, bari uyg'urlar

  • Amerika Ovozi

Urumchi - Shinjon uyg'ur muxtoriyati poytaxti

Shinjon uyg’ur muxtoriyatida politsiya 13 kishini o’qqa tutgan. Ular ichki ishlar boshqarmasini portlatmoqchi bo’lgan, deydi Xitoy rasmiylari.

O’lganlarning bari uyg’urlar va hukumat bu shaxslarni davlatga qarshi harakatda ayblab, ularni o’ldirish to’g’ri qaror bo’ldi, deya bayon qilmoqda.

Uyg’urlar esa Pekin zulmidan to’yganini, erkinlik uchun kurashayotganini aytadi.