Ukraina muxolifatining bildirishicha, rahbar Viktor Yanukovich poytaxt Kiyevni tark etgan. Oppozitsiya may oyidan kechiktirmay, muddatidan erta prezident saylovlari o’tkazishga chaqirmoqda.
Bu orada, parlament Oleksandr Turchinovni yangi spiker etib sayladi. U uzoq vaqt qamoqda qolgan sobiq bosh vazira Yuliya Timoshenkoning safdoshi. Avvalgi spiker, hukumatga moyil Volodimir Ribak sog’ligi yomonlashganini aytib, lavozimidan ketdi.
Qonunchilar, shuningdek, kecha konstitutsiyaga tuzatish kiritib, natijada Timoshenko ozodlikka chiqdi.
Sobiq bokschi, muxolifat sardori Vitaliy Klichko bugun Yanukovichni ishdan ketishga undagan. Yanukovich bosh tortmoqda.
Bugun ham Kiyevning Mustaqillik maydonida tumonat odam. Ular kecha prezident Yanukovich va muxolifat o’tgan yil noyabrida boshlangan g’alayonni tugatish uchun imzolagan bitimdan norozi.
Namoyishchilar nazarida Yanukovich zudlik bilan ishdan ketishi lozim.
Qo’shma Shtatlar kelishuv nihoyatda zaif ekanini, mamlakat jahon hamjamiyati qo’llab-quvvatloviga muhtoj ekanini aytmoqda. Davlat departamenti rasmiylarining aytishicha, bitim kuchli bahslar uyg’otishi tabiiy, chunki mamlakatda ko’p qon to’kildi.
Prezident Barak Obama kecha Rossiya rahbari Vladimir Putinga telefon qilgan. Har ikkisi taraflarni zo’ravonlikdan tiyilishga undayapti.
Muxolifat va hukumat imzolagan kelishuvga ko’ra, avvalgi konstitutsiya tiklanadi, prezidentning vakolatlari qisqaradi. Bundan tashqari, koalitsion hukumat tuzilib, erta saylovlar o’tkaziladi.
Ukraina rahbari Viktor Yanukovich o’tgan yilning noyabrida Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimini ma’qullash fikridan qaytib, Rossiya bilan hamkorlikni tanladi. Natijada mamlakatda tinch norozilik namoyishlari boshlanib, tez orada qonli tus oldi va shu paytgacha salkam 100 odamni hayotdan olib ketdi.