Yamanda hutiy isyonchilar Saudiya Arabistonining besh kunlik sulh taklifini qabul qildi. Tomonlar seshanbadan boshlab barcha jangovar harakatlarida tanaffus e'lon qiladi. Gumanitar tashkilotlar imkoniyatdan foydalanib muhtojlarga yordamni yetkazadi.
Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya mamlakatda hutiylar pozitsiyalarini nishonga olib kelmoqda. Bugun sobiq Prezident Ali Abdulla Solihning poytaxt Sanodagi uyi bombardimon qilindi. Solih hutiylarni qo'llab-quvvatlayotgani aytiladi. Hujum paytida u uyda bo'lmagan.
Kuzatuvchilarga ko'ra, harbiy havo kampaniyasi va hutiylar harakati oqibatida mart oyidan beri yuzlab fuqaro nobud bo'lgan.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hutiylarni sulhni buzmaslikka chaqirdi.
“Tanaffus paytida o't ochmang, joylashuvingizni o'zgartirmang, bu gumanitar tanaffus", - dedi Kerri.