Bugun dunyo bo’ylab 75 million yigit-qiz ishsiz. Xalqaro mehnat tashkilotiga ko’ra, global inqiroz, xususan Yevropada moliyaviy krizis davom etar ekan, buning ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ishsiz yoshlar ko’payaveradi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hisobotiga ko’ra, global moliyaviy krizisdan qattiq aziyat chekayotgan tabaqa yoshlardir. 15 dan 24 gacha bo’lgan yigit-qizlar uchun ish topish ayniqsa qiyinlashgan.
Yevropadagi inqiroz ta’siri nafaqat mintaqada, balki Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasida ham sezilyapti. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada vaziyat ancha og’ir – yoshlar orasida ishsizlik darajasi 25 foizdan yuqori.
Kelasi besh yilda bu raqam o’sishda davom etadi, deydi hisobot muallifi, Xalqaro mehnat tashkiloti xodimi Ekkexard Ernst.
“Yaqin Sharq mintaqasida yoshlarning 26 foizi ishsiz, 2017-yilga borib 28 foizni tashkil etadi. Shimoliy Afrikada vaziyat birmuncha yaxshiroq, ya’ni so’nggi besh yil ichida ishsizlar soni biroz kamaygan. Lekin o’rtacha mintaqaviy ko’rsatkich nihoyatda balandligicha qolmoqda – 27 foiz”, - deydi ekspert.
Sharqiy Osiyoda bugun qiz-yigitlarning 9,5 foizi ishsiz bo’lsa, 2017-yilga borib 10 foizdan oshadi, deyiladi hisobotda. Faqat rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik sur’ati biroz pasayishiga umid qilish mumkin.
Lekin buni ham xushxabar deyish qiyin, chunki ish topayotganlar aslida ko’paymayapti.
Ekkexard Ernstning tushuntirishicha, umidi puchga chiqib, ish qidirmay qo’yganlar ortiq ro’yxatga olinmaydi. “Ular uyda o’tiradi, vaziyat yaxshi tarafga o’zgarishini kutadi. Demak, faol ravishda ish qidirmaydi. Bir necha yil o’tgach, ishga joylashish yanada qiyinroq bo’ladi”, - deydi u.
Xo’sh, muammo yechimi nimada?
Xalqaro mehnat tashkilotiga ko’ra, yoshlar uchun ishni kafolatlash, treyninglar tashkil etib, yangi kasb egallashda yordam berish kerak. Avstriya, Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Latviya kabi mamlakatlarda yoshlar uchun maxsus ish joylarini kafolatlovchi dasturlar mavjud, ular samara beradi, deydi Ernst.
Aytilgan choralar katta mablag’ talab qilmaydi. Yevropada bu maqsadda mamlakat yalpi ichki mahsulotining bor-yo’g’i 0,5 foizi sarflanadi xolos. Albatta, inqirozga yuz tutgan hukumatlar uchun bu ham katta mablag’ tuyulishi mumkin. Ammo ishlaydigan yoshlar iqtisod uchun keltiradigan daromad, ishsizlar uchun to’lanadigan pulni inobatga olsa, foyda katta ekaniga shubha yo’q.
Your browser doesn’t support HTML5