Jahon soq'liqni saqlash tashkiloti tobora tez tarqalib borayotgan Zika virusiga qarshi kurash yo'llarini muhokama qilish uchun favqulodda majlis o'tkazdi. Virus chivin chaqishi orqali tarqaladi.
Tashkilot Amerika qit'asida millionlab odamlar hayoti xavf ostida, deya ogohlantirmoqda. Mamlakatlar kasallikka qarshi qo'ldan kelgan choralar bilan olishayapti. Zika chaqaloqlarni mayib qilmoqda.
Gondurasda virus manbalariga qarshi maxsus gazlar sepilmoqda.
"Kasallikni chivin yoymoqda va shu bois bu hasharot yashaydigan joylarni zararsizlantirish kerak", - deydi Gonduras Tibbiyot kolleji rahbari Elmer Mayes.
Mamlakatda homilador ayollar orasida ham tushuntirish ishlari olib borilayapti. Shifokorlarning aytishicha, virus bois chaqaloqlar miyasi majruh, boshi juda kichkina bo'lib tug'ilishi mumkin.
AQSh Kasalliklarga qarshi kurash markazi homilador xotin-qizlarni zika virusi yoyilgan o'lkalarga bormaslikka undayapti. Braziliyada minglab ayollarda kasallik alomatlari aniqlangan.
Zikaga qarshi vaksina hali topilganicha yo'q.