AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi mamlakatda zika virusiga duchor bo'lgan yana 14 kishi aniqlangan.
Bari ayollar va kasalik ularga jinsiy aloqa orqali o'tgani taxmin qilinmoqda. Ba'zilari homilador.
Amerika mutaxassislaridan iborat guruh hozir Braziliya shimoli-sharqida, zika eng ko'p tarqalgan o'choqlarda ishlamoqda.
Ekspertlar, xususan, virus chaqaloqlarda mikrotsefaliyaga, ya'ni miyaning shikastlanishiga yetaklashi aniqmi, shuni tekshirmoqda.
Virusni chivinlar tarqatadi. Shunday ekan, shifokorlar odamlarga chivindan saqlovchi vositalardan foydalanishni, yengi uzun, terini yopib turadigan ust-bosh kiyib yurishni tavsiya qilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5