Breaking News

Qirg'iziston janubida sumalak mavsumi...

Keyingi yillarda Qirg’izistonda nafaqat mahallalar, balki tashkilotu-o’quv joylarida ham erta bahorda sumalak qilish odat bo’ldi. Bu yil ko'klam kech kelib, sumalak mavsumi ham endigina boshlandi. O’sh viloyatining Aravon tumanidagi xonadonlarning birida sumalak qilishayapti. 76 yoshli Sapila ona Dadajonova bir hafta ichida uch joyda bu muqaddas taomni tayyorlaganini aytadi. "Avval nevaramning jo’ralari uchun... Keyin – mahalla uchun, mana bugun qarindoshlar to’plandik", - deydi onaxon. Yoshu-qari navbatma-navbat qozon qavlar ekan, har kim o’z ezgu niyatlarini aytadi. "Tinchlik-omonlik bo’lsin, totuvlik hukm sursin, farzandlar o’sib-ulg’aysin, safardagi, olisdagi yaqinlarimizi Olloh o’z panohida asrasin", - deya duo qiladi odamlar. Udumga ko’ra, Ollohning taomi har bir xonadonga tarqatiladi va yaxshi niyatlar bilan totiladi. Sapila ona aytishicha, sumalak tayyorlashda birgina muammo bor ekan. "Sovuq qishda odamlar o’tinlarini yoqib bo’ldi, hatto daraxtlarni ham kesib tashlashdi. sumalak tayyorlash uchun esa katta bir ulov o’tin kerak bo’ladi", - deydi onaxon. "Yaxshiyamki ko’pchilik o’z hissasini qo’shadi sumalakka".

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG