Breaking News

O'zbekiston hukumati siyosiy mahbuslarni ozod qilsin, deydi huquq tashkilotlari


Mustaqillik kunidagi harbiy paradda, Toshkent
Mustaqillik kunidagi harbiy paradda, Toshkent
To'qqiz tashkilot bir ovozdan 8-dekabr, Konstitutsiya kuni, munosabati bilan barcha siyosiy mahbuslar shartsiz ravishda ozod etilsin degan talabni qo'ymoqda.

O'zbekiston hukumati islohotlar jadal deya bong urar ekan, isbotlasin buni, deyiladi bugun chiqqan bayonotda.

Chaqiriq ortida inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch", "Freedom Now", Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo'mita (CPJ), Markaziy Osiyo Inson huquqlari uyushmasi, Inson huquqlari uchun xalqaro hamkorlik, Inson huquqlari himoyasi uchun xalqaro uyushma "O'tyuraklar Klubi", PEN Amerika markazi, ACAT-Fransiya va Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi turibdi.

“Tinch faoliyat olib borgan jurnalistlar, huquq himoyachilari, yozuvchilar, muxolifatchilar va diniy yetakchilar begunoh bo'lsa-da, qamoqda o'tiribdi",- deydi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), "Human Rights Watch" tashkilotining mintaqa bo'yicha bosh mutaxassisi.

“Konstitutsiya kunida siyosiy mahbuslarga erkinlik berish - prezident Islom Karimov uchun o'z xalqi va xalqaro hamjamiyat oldida islohotlar tomon dadil qadam tashlayotganini isbotlash imkoniyatidir",- deydi Sverdlov.

Odatda bu bayram oldidan respublikada amnistiya e'lon qilinadi. Minglab insonlarning aybi va jazosidan kechiladi. Lekin siyosiy sabablar bilan qamalgan insonlar avf etilmaydi.

Qamoqdagi muxolifatchilar, huquq himoyachilari va jurnalistlar ko'p hollarda konstitutsion tuzumga tahdid solganlikda aybdor deb topilgan. Mahbuslar aybsiz ekanini da'vo qilsa-da, hukumat ularni kechirmaydi.

Rasmiylar "siyosiy mahbus" yoki "diniy mahbus" degan iboraga qarshi ekanini aytadi. Bunday tushuncha yo'q, deydi ular. Qamoqda o'tirganlar jinoyatchilar, aniq ayblari isbotlangan, degan izohni eshitasiz.

Huquq tashkilotlarining eslatishicha esa quyida nomi keltirilgan odamlar tuzumni tanqid qilgani, siyosiy va ijtimoiy erkinliklar talab qilgani uchun panjara ortiga tashlangan. Shu sabab ham ular siyosiy mahbuslardir.

Solijon Abdurahmonov, Azam Formonov, Mehriniso Hamdamova, Zulhumor Hamdamova, Isroiljon Holdarov, Nosim Isakov, G'aybullo Jalilov, Abdurasul Xudoynazarov, Erkin Qo'ziyev, G'anixon Mamatxonov, Zafarjon Rahimov, Yo'ldosh Rasulov, Dilmurod Saidov, A'zam Turg'unov, Isoq Abdullayev, Azamat Azimov, Muhammad Bekjonov, Botirbek Eshqo'ziyev, Ruhiddin Faxriddinov, Xayrulla Hamidov, Bahrom Ibragimov, Murod jo'rayev, Davron Qobilov, Mamadali Qoraboyev, Matluba Karimova, Samandar Ko'kanov, Jamol Qutliyev, Mamadali Mahmudov, Gayrat Meliboev, Yusuf Ro'zimurodov, Rustam Usmonov, Ravshanbek Vafoyev, Akrom Yo'ldashev va Gulnoza Yo'ldasheva...

Tanqidiy maqolalari bilan tanilgan jurnalist Jamshid Karimov, prezidentning jiyani, 2011-yilda qamoqdan chiqarilgan, ammo keyinchalik dom-daraksiz ketgan.

Siyosiy mahbuslar qiynoqqa solinishi haqida aniq dalil-isbotlar bor, deydi Stiv Sverdlov.

BMT maxsus guruhi shu yil chiqargan hisobotga ko'ra, O'zbekiston hukumati o'z fuqarolarini fundamental huquqlaridan foydalanishga uringani uchun jazolaydi va bu xalqaro qonun va majburiyatlarga ziddir.

Patrik Griffit, "Freedom Now" tashkiloti vakili, bugun chiqqan bayonotda shunday deydi:

“Xalqaro qonun va O'zbekiston bosh qomusi inson huquqlari, jumladan so'z va fikr erkinligi, uyushish va birlashish erkinligi hamda e'tiqod erkinligini kafolatlaydi".

“Konstitutsiyaning qadri bo'lsa, uzviy erkinliklaridan foydalangani uchun qamalgan insonlar darhol ozod etilsin",- deydi mutaxassis.

O'zbekistonda uch yil qamoqda o'tirib, G'arb bosimi ostida erkinlikka chiqqan, hozirda Fransiyada yashab, "O'tyuraklar klubi" degan huquq tashkilotini boshqarayotgan Mo'tabar Tojiboyeva ham bayonotga qo'shilgan faollardan.

Prezident Islom Karimov
Prezident Islom Karimov
Xalqaro tashkilotlar O'zbekiston qamoqxonalaridagi ahvol bilan tanishish imkoniyatiga ega emas. Bunga ruxsat berilmaydi.

Vaziyat og'ir deya G'arb davlatlarini ogohlikka, huquqqa ko'proq e'tibor berishga undab kelayotgan Tojiboyeva ham O'zbekiston hukumatini adolatli ekanini isbotlashga chaqirmoqda.

"Huquq himoyachilari, jurnalistlar, muxolifatchilar va diniy yetakchilar qattiq aziyat chekib kelmoqda. Yetar endi",- deydi u bayonotda.

O'zbekiston, siyosiy mahbuslar, huquq/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling

Political prisoners in Uzbekistan, Steve Swerdlow, Human Rights Watch
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG