O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

1
Shveysariyaning Bazel shahrida sog'liqni saqlash xodimi himoya kiyimlarining qanday ishlashini jurnalistlarga namoyish qilmoqda, 15-oktabr, 2014-yil.

2
Ispaniya Sog'liqni saqlash vaziri Ana Mato mamlakat parlamentiga Ebola inqirozi yuzasidan hisobot bermoqda, Madrid, 15-oktabr, 2014-yil.

3
AQShda Ebolaga qarshi kurash choralariga harbiylar ham jalb etildi, Fort Blis, Texas, 14-oktabr, 2014-yil.

4
AQShning "USAID" agentligi rahbari Rajiv Shah Liberiyada yangi qurilgan Ebolaga qarshi kurash markazini ko'zdan kechirmoqda, 14-oktabr, 2014-yil.