G’arbiy Virjiniya shtatining Harpers Ferry degan shaharchasidamiz. Atigi 286 kishi yashaydi bu yerda. Sayyohlar arimaydigan maskan, chunki AQSh tarixida muhim rol o’ynagan. Potomak va Shenandoa daryolari bo’yida joylashgan. Qadimda savdo yo’li bo’lgan.