Breaking News

Qozog'iston prezidenti Turkiyaga bordi


Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Qozog'iston va Turkiya savdo va iqtisodiyot, sarmoya kiritish, qishloq xo'jaligi hamda gumanitar sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Turkiyaga tashrifi chog'ida shu masalalar muhokama qilingan.

Nazarboyev Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an bilan uchrashgan.

Qozog'iston rahbari Islomiy hamkorlik tashkilotining 13-sammitida qatnashish uchun Turkiyaga kelgan.

Ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvida tomonlar ishtirokida kichik va o'rta biznesni rivojlantirish mavzusi ham ko'tarilgan.

Nazarboyev Qozog'istonda olib borilayotgan taraqqiyot loyihalarida turk ishbilarmonlarini ishtirok etishga chaqirgan.

Qozog'iston Prezidenti Turkiya safari oldidan Eronga ham o'tgan. U Tehronda Qozog'iston va Eron o'rtasida tuzilgan 66 kelishuvga imzo chekkan.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashuvda tadbirkorlar uchun kelib-ketish vizasini osonlashtirish hamda savdo aloqalarini yanada kuchaytirish haqida fikr yuritilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG