AQSh rahbari Barak Obama shu oy Yaponiyada Katta Yettilik sammitiga safari paytida Xirosima shahrini ham ziyorat qiladi. Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1945-yilning 6-avgustida, Qo'shma Shtatlar shaharga atom bombasini uloqtirgan edi. Xirosima falokatidan omon qolganlar Obama kechirim so'ramasa-da, balki ular tortgan jabr, azob-uqubatni e'tirof etadi, degan umidda. Ommaviy qirg'in qurolidan xoli dunyoni ustuvor yo'nalishlardan deb biluvchi Obama Amerikaning bu shaharga borgan ilk rahbari bo'ladi.