AQSh prezidentligi uchun bu yilgi saylov juda bahsli va qizg'in o'tmoqda. Bu narsa Yuta shtatida ham yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Aholisining 60 foizi mormonlardan iborat shtat shu paytgacha faqat respublikachilarga ovoz berib kelgan. Ammo bu safar ular an'anani buzmoqchi.