Britaniya Bosh vazirasi Tereza Mey Filadelfiya va Vashingtonda siyosiy doiralar bilan muloqot qildi. 27-yanvar kuni u Oq uyda mehmon bo'ldi. Mey xonim - Prezident Donald Tramp qabul qilgan birinchi xorijiy rahbar.
Tramp va Mey NATO doirasida hamkorlikni mustahkamlab, bu harbiy ittifoqni kuchaytirishga kelishib oldi.
Mey fikricha Rossiyaga qarshi sanksiyalar amalda qolishi kerak, chunki Kreml Ukrainaga nisbatan agressiv siyosatini to'xtatmagan. Tramp bu borada qaror qilishga hozircha erta, deydi.
Tramp terrorizmga qarshi kurashda qiynoqlarga ruxsat berishi mumkin degan xavotirlarga yangi prezident "asossiz" deya javob qildi. Mey uning davlati va butun Yevropa qiynoqlarga qarshi ekanini qayd etdi.
AQShning yangi rahbari BMTga moliyani kamaytirish yuzasidan ham hozircha biror qarorga kelmagan. Lekin ayrim agentliklarga mablag' ajratish yo to'xtatilishi yo qisqarishi mumkin.