AQSh janubidagi Arizona shtatini qo’shni Meksikadan zang bosgan temir panjara ajratib turadi. Chegaraning har ikki tomonida bir xil nom bilan yuritiluvchi ikki shahar bor – Nogales. Ikki jamoa madaniyatida deyarli farq yo’q, o’rtada azaldan biznes aloqalar mavjud.