Breaking News

Isroil arab yerlarida yahudiy aholi uchun yana yangi uy-joy qurmoqchi


Isroil arab yerlarini o'zlashtirishda davom etmoqda
Isroil arab yerlarini o'zlashtirishda davom etmoqda

Isroil arablarga qarashli yerlarda yahudiy aholi uchun yangi uy-joy qurishni boshlayotgani keskin qarshilik uyg’otib, shundoq ham murakkab vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.

Iordan daryosining g’arbiy sohillarida azaldan arablar, ya’ni falastinliklar yashagan. Yillar davomida Isroil bu hududlarni o’zlashtirib keladi. Yaqinda yana bir reja e’lon qilindi. Yangi posyolkalar barpo etiladi, aynan yahudiylar uchun. Arablar qayga borsin? Falastin rahbariyati g’azabda. Isroil xalqaro qonunlarni buzmoqda; maqsad tinchlik emas, balki bosib olgan yerlaridan arab aholini tamoman siqib chiqarish, deya noliydi rasmiylar.

Sharqiy Quddusdan Ayman Abu Ahmad fikricha Isroil tinchlik istamaydi.

“Ular uchun tinchlik bu bizdan hamma narsani tortib olish. Yerimizni tortib olib, chegaralarni buzish tashlashgan. Bugungi vaziyat jahannam”, - deydi u.

Vaholanki, Isroil Oliy sudi yil boshida hukumatning yahudiylar uchun arab yerlarida yangi turar-joy qurishi noqonuniydir, deya hukm chiqargan edi. Armiya yangi qurilishlarni kuch bilan to’xtatgan edi. Bosh vazir Benyamin Netanyahu esa saylovchilarga bergan va’dasini bajarmoqchi. Yangi posyolkalar yaratish

AQSh hukumati oldindan bunday siyosatni qoralab keladi. Yangi rahbar Donald Tramp ham Isroilga murojaat qilib, arablarning yerlarini yahudiylar uchun o’zlashtirishni bas qiling, bu tinchlik yo’lidagi to’siq, deya iltimos qilgan. Yangi reja haqida Oq uy hozircha sukutda.

Undan oldingi Prezident Barak Obama bu borada qattiq turgan, ya’ni qarshilik bildirgan. Isroil bilan aloqa uning davrida ancha sovugan.

Isroildan iste’fodagi diplomat Zalmon Shoval nazarida bu masala yuzasidan Isroil va AQSh hozirda bir-birini tushunadi.

“Bir jihatdan Vashington qarshi lekin boshqa tomondan Tramp ma’muriyati Netanyahuni tushunadi – u bergan va’dasini bajarishga urinmoqda”, - deydi Shoval.

Konservativ yahudiylar yangi rejadan rozi va uning amaliyotini kutmoqda. Boshqalar esa Falastin bilan azaliy nizo haliberi barham topmaydi deya afsusda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG