Breaking News

Tramp Afg’oniston bo'yicha siyosatini yaqin orada e'lon qiladi


AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtabi qo’mondoni, general Jozef Danfordning aytishicha, Tramp ma’muriyati Afg’oniston bo'yicha uzoq muddatli siyosatni qabul qilish arafasida.

AQShning Afg'onistondagi harbiy kuchlari qo'mondoni general Jon Nikolson Afg’oniston qo'shinlariga Tolibon ustidan g'alabaga erishishda yordam berish uchun xalqaro kuchlar sonini oshirish kerak, deb keladi. Yangi siyosat uning bu iltimosini qondirishi mumkin.

Shu hafta sharqdagi Nangarhor viloyatida "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi qo'shma harbiy amaliyot paytida amerikalik askar halok bo’ldi, yana bir amerikalik va afg’on harbiylari jarohatlandi.

Afg’oniston Mudofaa vazirligining bildirishicha, voqea 16-avgust kuni sodir bo’lgan. Yil boshidan beri jami 10 amerikalik harbiy halok bo'ldi.

18-avgust kuni Prezident Donald Tramp Merilend shtatidagi "Kemp Deyvid" qarorgohida milliy xavfsizlik idorasi a'zolari bilan yangi afg'on strategiyasi haqida gaplashadi. Xorijiy safarga chiqqan general Danford majlisda teleko'prik orqali qatnashadi.

Yangi strategiya ustida ish rejalangandan ko’proq vaqt olyapti. Iyun oyida Mudofaa vaziri Jim Mattis strategiya ustida ish qanday ketayotgani haqida Kongressga bir oydan so'ng hisobot berishni va'da qilgan edi. General Danfordning aytishicha, Afg’onistonda xizmat qilayotgan AQSh qo’shinlari yangi siyosatdan boxabar bo'lishi zarur.

“Shuning uchun ham biz bu strategiya ustida uzoq ishlayapmiz. Afg’onistonda qancha vaqt bo'lishimizni aniqlab olishimiz zarur, bu ishni puxta qilish kerak", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG