Afg’onistonda erkin matbuot himoyasi bilan shug’ullanuvchi “Nay” tashkilotining bildirishicha, 2017 afg’on jurnalistlari uchun eng qonli yil bo’lgan.
Tashkilotga ko’ra, o’tgan yilda 21 nafar muxbir halok bo'lgan. Yaralangan jurnalistlar 41 nafarni tashkil etgan.
Har oyda matbuot ikki nafar xodimini yo’qotgan, uch nafari ham yaralangan.
O’tgan yilning may oyi eng qonlisi, iyun oyi esa afg’on matbuoti uchun eng tinch oy bo’lgan. Mayda 9 jurnalist o’lgan, 16 kishi yaralangan. Iyunda esa atigi bir zo’ravonlik qayd etilgan.
Tashkilot hukumatdan madad so'ramoqda. Unga ko'ra, jurnalistlarni himoya qilishning qonuniy usullari bor va davlat buni anglashi kerak.
2001-yildan beri, ya'ni Tolibon hokimiyatdan quvilganidan buyon 85 jurnalist jon bergan. 1204 zo’ravonlik hollari yuz bergan.
Facebook Forum