Breaking News

Afg'onistonda jurnalist ayollarga ekranda hijobda chiqish tavsiya qilindi


Afg'onistonda jurnalist ayollarga ekranda hijobda chiqish tavsiya qilindi
Afg'onistonda jurnalist ayollarga ekranda hijobda chiqish tavsiya qilindi

Afg'oniston hukumati televideniyeda ishlovchi boshlovchi ayollarga hijob kiyib, kamroq makiyaj ishlatishni tavsiya qilmoqda. Axborot va madaniyat vazirligi ommaviy axborot vositalariga shu mazmunda xat tarqatgan.

Tolibon hokimiyatdan ag'darilgach so'nggi 10 yilda mamlakatda ko'plab telestansiyalar ochildi, matbuot ancha erkindir, ayollar parlamentda, hukumatda ishlaydi, qizlar maktabga qatnaydi. Tolibon davrida ayollar erkak hamrohsiz ko'chaga chiqa olmasdi.

Inson huquqlari faollari xalqaro qo'shinlar Afg'onistonni tark etgach ayollarga munosabat yomonlashishidan xavotir olmoqda.

Bu o'rtada NATO Afg'onistondagi harbiy operatsiya paytida yosh bolalar o'lganidan afsusda ekanini aytib, hamdardlik bildirmoqda.

O'tgan hafta Kapisa viloyatida qurol-yarog' olib ketayotgan bir guruh odamlar havo hujumiga uchrab, sakkiz bola nobud bo'lgan.Prezident Karzay hujumni qoralab, voqeani tergov qilishni buyurgan. Mahalliy rasmiylarga ko'ra, qurbonlar 6-14 yosh atrofida bo'lgan. NATO qo'mondoni Mayk Vigstonning aytishicha, ular qurol tashib ketayotgan bo'lgan.

BMTning so'nggi hisobiga ko'ra, 2011-yilda Afg'onistonda 3000 dan ziyod tinch aholi o'lgan. Bu so'nggi 10 yildagi eng yuqori ko'rsatkich. Talofatlarning 77 foiziga jangarilar mas'ul, deyiladi oy boshida chop etilgan hisobotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG