Breaking News

Tolibon Qatarda AQSh bilan muloqot qilmoqda


Tolibon Hirotda qurollarini topshirmoqda. Bu harakat bilan muloqot shartlaridan biri.
Tolibon Hirotda qurollarini topshirmoqda. Bu harakat bilan muloqot shartlaridan biri.

Tolibon vakillarining aytishicha, bugun Qatarda ular AQSh rasmiylari bilan uchrashib, tinchlik muloqotidan oldin gaplashmoqda. Harakatning bir vaqtlar diniy politsiyasini boshqargan Maulavi Qalamuddin ma'lumotiga ko'ra, delegatsiya tarkibida Tolibon rahbari Mulla Umarning sobiq kotibi ham bor. Harakat AQShdan Guantanamodagi tolib mahbuslarni ozod etishni so'rashi kutilmoqda.

Toliblar Afg'onistonda tinchlik masalasini rasmiy Kobul bilan emas, Qo'shma Shtatlar bilan kelishmoqchi ekanini aytgan. Biroq ma'lum bo'lishicha, jangarilar afg'on hukumati bilan ham bir vaqtning o'zida uchrashadi. Rasmiylarning aytishicha, muloqot Saudiya Arabistonida o'tishi mumkin.

Pokiston Tashqi ishlar vazirasi Hina Rabboniy Xar shu hafta Afg'onistonga borib, terrorga qarshi urush va toliblar bilan murosa haqida gaplashadi.

Vazirlik vakili Jonon Mosazoyning aytishicha, ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochilmoqda.

"Pokiston Afg'onistonda tinchlik jarayonini qo'llab-quvvatlaydi", - deydi rasmiy.

Bugun Qatarda AQSh va Tolibon rasmiylarining uchrashuvi kutilar ekan, toliblar Pokistondan yo'lga chiqqani ta'kidlanadi. Ammo rasmiy Islomobodning o'zi bu uchrashuvga aloqadorligi haqida lom-mim demagan.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Bositning aytishicha, Pokiston qo'shni davlatda tinchlik va osoyishtalik bo'lishiga hissasini qo'shishda davom etadi.

"Buning uchun jarayon afg'onlar tashabbusi va ishtirokida o'tishi lozim", - deydi Pokiston rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG