Breaking News

"Afg’onistonda harbiy missiyani tugatishga shoshmang"


"Afg’onistonda harbiy missiyani tugatishga shoshmang"
"Afg’onistonda harbiy missiyani tugatishga shoshmang"

NATO qo’shinlari BMT mandati bilan Afg’nistonga 2003-yilda kiritilgan edi. “Xalqaro xavfsizlik madadi kuchlari” yoki ISAF soni 130 ming askarga teng.

Ular uch yo’nalishda faoliyat yuritib keladi.

Birinchi navbatda prezident Hamid Karzay hukumatiga mamlakatni qayta qurish, barqarorlashtirishda yordam berish.

Ikkinchisi – afg’on armiyasi va politsiyasi uchun mashq-treninglar uyushtirib, professional darajasi va malakasini oshirish. Uchunchi maqsad – terrorchilarni yo’q qilish.

Xo’sh, 2014-yilga borib barcha vazifalarni afg’onlarning o’zi bajarishga tayyor bo’ladimi?

Jon Bolton, AQShning BMTdagi sobiq elchisi
Jon Bolton, AQShning BMTdagi sobiq elchisi
Amri mahol, deydi AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton:

“Afg’onlar buning uddasidan chiqishiga ishonmayman. Sabab ularning past professional darajasi yoki jihozlarining yetishmasligida emas. Bir muhim narsani tushunish kerak: biz Afg’oniston haqida gapirayotib, xuddu Ga’rbiy Yevropadagi bir davlatdek so’z yuritamiz. Vaholanki, Afg’onistonni to’la shakllangan yurt deb bo’lmaydi. Mamlakat hamon Tolibon va al-Qoida nazoratida. 2014-2015-yillardan keyin ham shunday bo’lib qo’lishi alomatlari bor”.

Yaqinda Tolibon Qatarda idora ochishini e’lon qildi. Bu esa ular bilan tinchlik muzokaralarini olib borish imkonini yaratadi.

Biroq AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha sobiq davlat maslahatchisi, general Brent Skaukroft ehtiyotkorlikka chaqiradi:

Afg'oniston armiyasi
Afg'oniston armiyasi
“Tobilon bilan muzokara olib borish biz uchun juda qiyin bo’ladi. Ular bizdan Afg’onistonni tark etishni talab qilishi aniq. Demak, nima haqida gaplashmaylik, ular muvaffaqiyatga erishadi. Biz ulardan al-Qoida a’zolariga boshpana bermaslikni talab qilamiz. Lekin mamlakatdan chiqib ketishimiz bilan, ularni nazorat qila olmaymiz. Istaganini qiladi. Demak, bu bir tomonlama muzokara bo’ladi, xolos”.

AQShning sobiq Mudofaa vaziri Villyam Koen esa toliblar orasida gaplashsa bo’ladigan kuchlar bor deydi:

“Qurolni tashlab, mamlakatda tinchlik o’rnatish jarayoniga jalb etilgan toliblar haqida gap ketayotgan bo’lsa, muzokara imkonini ko’rib chiqish mumkin. Albatta, bu oson ish emas. Afg’onlarning o’zi Tolibondan charchagan. Ular bilan aytishib, ko’ngliga qarab o’tirishni istamaydi”.

AQSh davlat xavfsizligi bo’yicha sobiq maslahatchi, general Brent Skaukroft
AQSh davlat xavfsizligi bo’yicha sobiq maslahatchi, general Brent Skaukroft
Koen, Bolton va Skaukroft bir narsada hamfikr.

Afg’oniston kelajagi haqidagi muzokaralarga Pokiston ham albatta jalb etilishi kerak. Mushkul masala, chunki Vashington va Islomobod aloqalari hozirda ancha tarang.

Noyabr oyida NATO qo’shinlari Pokistonning 20 dan ortiq askari o’limiga sabab bo’lganidan so’ng, rasmiy Islomobod NATO uchun eshiklarini yopgan edi.

Vashington Islomobod bilan aloqalarni yaxshilashga harakat qilishi, ishonchini qayta qozonishi lozim, deydi general Skaukroft.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG