Breaking News

“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”


“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”
“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”

Afg’oniston hukumati yaqinda Tolibonga muloqot qilishni taklif qildi. Ayrim xabarlarga ko’ra, toliblar Qo’shma Shtatlar bilan ham gaplashmoqda. Muzokaralar 10 yildan beri boshi urushdan chiqmayotgan Afg’onistonda tinchlik o’rnatishga yordam beradimi?

Afg’onistonda har bir avlod urushni o’z ko’zi bilan ko’rgan. Sovetlar bilan urush, fuqarolik urushi…

So’nggi 10 yildan beri esa xalqaro qo’shinlar va afg’on armiyasi Tolibon bilan jang qilib keladi. AQShning Afg’oniston va Iroqdagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzodning aytishicha, ertami-kech tinchlik qaror topishi kerak.

“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”
“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”
"Afg’oniston 30-35 yildan beri boshi urushdan chiqmaydi. Xalq tinchlik, osoyishtalikni xohlaydi. Xalqaro hamjamiyatga ham bu urush qimmatga tushyapti, undan charchashgan", - deydi sobiq elchi.

Prezident Hamid Karzay xalqi osuda hayotga qaytadi, degan umidda, jumladan toliblar ham. Ammo tahlilchilar nazarida tinchlik yo’li tekismas.

Vashingtondagi Brukings instituti olimi Bryus Ridl toliblar Karzay hukumati bilan murosa qilishiga ishonmaydi:

“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”
“Tolibon bilan muzokara Afg’onistonni urushdan xalos etar”
"Ammo hozir muzokaradan o’zga chora yo’q. Biror joyimiz kamayib qolmaydi. Hech bo’lmaganda jangarilarning kayfiyatini o’rganamiz", - deydi u.

Ayrim tahlilchilar nazarida muloqot Tolibon guruhlari o’rtasida ziddiyatga sabab bo’lishi mumkin.

AQSh sobiq elchisi Xalilzodning aytishicha, ayniqsa rahbariyat orasida munosabatlar darz ketishi mumkin. "Ba’zilar buni oldingi pozitsiyadan chekinish deb qabul qilishi turgan gap", - deydi u.

Mintaqaviy ekspertlar deydiki, tinchlik jarayoni muvaffaqiyatli bo’lishi uchun Pokiston o’z hissasini qo’shishi lozim. Rasmiy Islomoboddan Tolibonga yordamni to’xtatish so’raladi, ammo Pokiston bu kabi da’volarni inkor etadi.

Zalmay Xalilzod, AQShning Iroq va Afg'onistondagi sobiq elchisi
Zalmay Xalilzod, AQShning Iroq va Afg'onistondagi sobiq elchisi
Krok Xalqaro tinchlik instituti xodimi Deyvid Kortrayt nazarida Pokiston ko’p yillardan beri Tolibonni pul bilan ta’minlaydi, ularni nazorat qiladi. "Bu sir emas, hammaga ayon. Agar rasmiy Islomobod tinchlik jarayoniga jalb qilinmasa, uni izdan chiqarishda davom etishi mumkin", - deydi u.

Qo’shma Shtatlar ham faol rol o’ynab, ayrim masalalarda toliblar bilan murosa qilishi, ularda jangarilik shashtini susaytirishi mumkin, deydi sobiq elchi Xalilzod.

"AQSh qator ustunliklarga ega. Qo’lida mahbus toliblar bor, harbiy kuchga to’la, iqtisodiy yordam taklif qilishi mumkin. Siyosiy tomondan ham o’ziga yarasha alohida kuch. U bilan hisoblashmay iloj yo’q", - deydi Xalilzod.

Tinchlik jarayoni qanday kechishidan qat’iy nazar Qo’shma Shtatlar Afg’onistonda belgilanganidan ortiq qolmaydi. Xavfsizlik uchun nazorat 2014-yilgacha afg’on armiyasi va politsiyasiga o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG