Qatarda vakolatxona ochishni ko’zlayotgan Afg’oniston Toliboni bu idora orqali xalqaro hamjamiyat bilan til topishmoqchi.
Hamid Karzay va uning hukumati, qolaversa Qo’shma Shtatlarga bu reja ma’qul. Ammo avval toliblar zo’ravonlik va al-Qoidadan voz kechishi, afg'on konstitutsiyasiga bosh egishi lozim.
Mahalliy mutaxassislar fikricha, avvalgi mavqeini boy bergan toliblar Kobul bilan murosa yo’lini izlamoqda.
“Amerika Ovozi” Faryob viloyatidan sobiq deputat Sardor Muhammad Rahmon o’g’li bilan shu haqda suhbatlashdi. Marhamat, tinglang.