Breaking News

Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda


Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda
Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda

Afg’onistonda urushni boshlagan Barak Obama emas, lekin harbiy harakatlar bu yog’i qanday kechishi uchun aynan u javobgar.

Oradan 10 yil o’tib, dunyoning birinchi raqamli terrorchisi – Osama bin Laden yo’q qilindi. Afg’onistonda shu kungacha qariyb 1,800 amerikalik zobit halok bo’ldi va bu raqam oshib borishi tayin.

2009-yili Afg’onistonni tinchitish uchun yuborilgan qo’shimcha 33 ming zobit bosqichma-bosqich uyga qaytayapti. Prezident Barak Obama so’zining ustidan chiqqanini aytadi.

“Lekin Afg’onistonda hali vazifalar talay. Bu mamlakatni o’zini ozi himoya qila oladigan darajaga keltirish, Al-Qoidani mag’lub etish kerak”, - deydi Obama.

Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda
Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda

Bundan 10 yil oldin Afg’onistonda harbiy amaliyotlar boshlanganida Amerika ahli ularni qo’llab-quvvatlagan. Biroq ko’p o’tmay armiya Iroqqa ham bostirib kirdi, u yerdagi talofatlar 4,500 dan ziyod. Ikki urushga sarflangan mablag’ bir trillion dollardan oshdi.

Ijtimoiy so’rovlardan bilamizki, aksar amerikaliklar jang maydonini imkon boricha tezroq tark etib, asosiy e’tiborni ichki muammolarga qaratish tarafdori. So’ralganlarning yarmi g’alabaga ishonmaydi.

Omma kayfiyatini o’rganish bo’yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan olim Piter Braunning qayd etishicha, Amerika xalqining urushlardan toqati toq.

“Hatto xavfsizlik va mudofaani birinchi o’ringa qo’yadigan respublikachilar ham bo’ldi, bas, demoqda”.

Afg’on urushining 10 yilligi munosabati bilan poytaxt Vashington va boshqa shaharlarda yirik namoyishlar rejalangan. Brayan Beker tashkilotchilardan biri.

Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda
Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda

Uning aytishicha, ham Amerika, ham afg’onlarning boshini yegan harbiy harakatlarni darhol to’xtatish zarur. “Iqtisodiyotni yakson qilgan, byudjet qisqarib muhim ijtimoiy dasturlar yopilishiga sababchi bo’layotgan shu urush”, - deydi u.

Borsa-qaytmas makonlarda yurgan o’g’il-qizlar xizmatni ham burch, ham sharaf deb biladi. Lekin so’rovda ularning uchdan biri Iroq va Afg’onistonda ortiq qolishga arzimaydi, degan va oliy qo’mondondan norozilik bildirgan.

Barak Obamaning Demokratik partiyasidan senator Patrik Lexi fikricha, strategiyani qayta ko’rib chiqish kerak.

“Afg’onistonda tishimiz o’tadigan vazifalarni belgilab olaylik, askar sonini kamaytiraylik”, - deydi qonunchi.

Demokrat senator Jim Vebbning harbiy yetakchilarga maslahati quyidagicha:

“Xalqdan yana bir oz sabr qiling deb so’rayotgan bo’lsangiz, sababini tushuntirib bering. Amerika bundan nima manfaat ko’radi, degan savolga javob bering”.

Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda
Urushning eng ashaddiy tarafdorlari ham “bo’ldi, bas” demoqda

Muxolifatchi respublikachilarning da’vo qilishicha, prezident Obama afg’on rejasini tuzayotib, aslida o’zining siyosiy kelajagini o’ylamoqda. Ammo kelajak afg’onlarning o’z qo’lida ekani hammaga ayon.

Amerikaliklar biladiki, 11-sentabr xurujlari Afg’onistonda rejalangan. Prezident Obama xalqiga buni eslatib turishi kerak, deydi tahlilchi Maykl O’Xenlon.

“Urushdan qanchalik charchagan bo’lmaylik, Afg’onistonni ertagayoq tashlab keta olmaysiz. Bu mas’uliyatni ko’pchilik tan oladi”, - deydi u.

Osama bin Laden o’limidan ikki oy o’tib, Barak Obama xalqiga murojaatida urush yakuniga yetayapti deb ta’kidladi. Lekin bu endi-endi boshlanayotgan jarayon.

2001-yildan buyon Amerika Afg’onistondagi harbiy harakatlar uchun 400 milliard dollar dollar sarflagan.

Afg'oniston, xalqaro koalitsiya va Tolibon

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG