Breaking News

AQSh Iroqqa yordamni to'xtatmaydi


AQSh Iroqqa yordamni to'xtatmaydi
AQSh Iroqqa yordamni to'xtatmaydi

Bugun Bag’dodda politsiyaga qarshi qilingan hujumda to’rt kishi o’lgan va yana 12 fuqaro jarohatlangan. AQSh hukumati, ma’lumki, qo’shinlarni bu mamlakatdan joriy yil oxirigacha butunlay olib chiqishga qaror qilgan.

Iroq bo'ylab portlashlar, jangari hujumlari davom etmoqda, lekin bu davlat hukumati xavfsizlikni ta'minlash "bizning ishimiz" deydi. AQShga Iroqni tark etish vaqti yetdi.
Iroq bo'ylab portlashlar, jangari hujumlari davom etmoqda, lekin bu davlat hukumati xavfsizlikni ta'minlash "bizning ishimiz" deydi. AQShga Iroqni tark etish vaqti yetdi.

Qariyb to’qqiz yillik urush shu bilan nihoyasiga yetadi degan umid bor, lekin prezident Barak Obama shoshmayaptimikan, Iroq hamon notinch degan xavotirlar yangramoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, tashqi siyosat uchun mas’ul arbob, deydiki, qo’shinlarni 2011 yil oxirigacha olib chiqish masalasi Jorj Bush davridayoq muhokamadan o’tgan.

“Prezident Obama buni va’da qilgan, to’g’ri, lekin Bush ma’muriyati ham shuni ko’zlagan edi. Aytmoqchimanki, respublikachi va demokrat rahbarlarning fikri bu masalada bir joydan chiqqan”,- deydi tashqi ishlar vazirasi.

Prezident Obama Iroqdan butunlay chiqishga qaror qilgani Respublikachilar partiyasi qarshiligiga uchramoqda. Ular nazarida Iroq hali juda zaif davlat.
Prezident Obama Iroqdan butunlay chiqishga qaror qilgani Respublikachilar partiyasi qarshiligiga uchramoqda. Ular nazarida Iroq hali juda zaif davlat.

Xillari Klinton, kecha Toshkent safarini yakunlash arafasida Amerika telekanallariga bergan intervyusida, shuni alohida ta’kidladiki, Iroq o’z holiga tashlab qo’yilmaydi. Qo’shin chiqadi, lekin yordam davom etadi.

“AQSh Iroq bilan bu borada kelishib olgan. Bu masala Davlat departamenti zimmasida va biz Iroq xalqiga har sohada madad ko’rsatamiz, ayniqsa, tayyorlov- malaka oshirish bobida”,- deydi u.

Respublikachi senator Lindzi Grexem Qurolli kuchlari bo'yicha qo'mita a'zosi
Respublikachi senator Lindzi Grexem Qurolli kuchlari bo'yicha qo'mita a'zosi

AQShning chet eldagi eng yirik elchixonasi Bag’dodda. Diplomatiya birinchi o’rinda bo’ladi, shunindek, harbiy yordam ham ustuvor masala, deydi u.

Lekin respublikachi senator Lindzi Grexem, AQSh tashqi siyosatini belgilashda muhim rol o’ynab kelayotgan arbob fikricha, uning davlati qo’shinlarni butunlay olib chiqmasligi kerak.

“Iroq hukumati bilan bu borada kelisha olmaganimiz – xato. Urush biz urushni tugatdik deyish bilan to’xtab qolmaydi. Ozgina sonda bo’lsa-da, u yerda harbiylarimiz qolishi kerak”,- deydi qonunchi.

Senator Grexem nazarida Iroq, Obama ma’muriyati ishonch bildirayotganidek, o’zini o’zi himoya qilisga qodir emas. Qo’shni Eron - katta tahdid, deydi u.

“Iroq havo kuchlariga ega emas. Razvedka tizimi rivojlanmagan. Terrorizmga qarshi chora ko’rish salohiyati juda past. Bu sohalarda ular bizga tayanadi. AQSh Mudofaa vazirligining o’zi tan olayaptiki, biz Iroqda kamida 15-18 ming orasida askar qoldirishimiz kerak. Lekin Obama ma’muriyati Iroq hukumatini ko’ndira olmadi. Bu katta xato”,- deydi senator Grexem.

Davlat kotibasi Xillari Klinton ta’biricha esa Iroqdan chiqish Amerika dunyoning bu qismida kuchini yo’qotdi degani emas. “Iroq o’z taqdirini o’z qo’liga olmoqda. Ular o’zi istagan erkin va demokratik jamiyatni qurishga haqli. Bizga tayanadi albatta, lekin buning uchun qo’shinlarimiz u yerda bo’lishi shart emas”,- deydi Klinton.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG