Afg’oniston shimolidagi Panjshir viloyatida AQSh harbiy bazasida bir kishi o’zini portlatib, ikki fuqaroini o’ldirgan.
Aslida to’rt odam xuruj qilmoqchi bo’lgan, deydi politsiya. Ikki afg'on qatorida bu jangarilarning hammasi halok bo’lgan.
Tolibon bu uning ishi ekanini tan olib, Panjshirga portlovchi moddalar ortilgan yuk mashinasi yuborganini bayon qilgan.
Shuningdek, Qandahor viloyatida bugun ikki jangari o’lgan. Bomba yasayotganida portlab ketgan.
Pokiston razvedka xizmatining bildirishicha, Afg’oniston bilan chegarada AQSh havo hujumlaridan to’rt jangari o’lgan.
Janubiy Vaziristonda Tolibonning katta qorg’oni nishonga olingan. Bu Molviy Nodir ismli mahalliy qo’mondonning hovlisi edi, Afg’onistonga kirib xuruj qilayotgan odamlarni shu yetakchi boshqaradi, deydi rasmiylar.
Kecha AQSh havo hujumlari Miron Shohda, Shimoliy Vaziriston markazida, to’rt tolibni o’ldirgan edi. Payshanba kuni esa Haqqoniylar to’dasi mana shunday xurujlarda o’z qo’mondonidan ayrilgan. Haqqoniylar hozir bu hududda AQShga qarshi kurashayotgan asosiy kuchlar.
Vashington peratsiyalar haqida og’iz ochmaydi, lekin Pokiston bilan bu hujumlar yuzasidan kelishib olganini bildiradi.
Pokiston tanqid qilsa-da, havo hujumlari u bilan hamkorlikda olib borilayotgani ma’lum.