Breaking News

O'zbekiston Islomiy Harakati bugun qanchalik tahdid solmoqda?


Panjshirdagi AQSh bazasiga hujum, 15-oktabr 2011
Panjshirdagi AQSh bazasiga hujum, 15-oktabr 2011

O’zbekiston Islomiy Harakati 15-oktabrda Afg’onistonning Panjsher viloyatida AQShga tegishli harbiy bazaga hujum qilganini tan olib, “mamlakatning bu qismlarida ham bormiz” deya bong urmoqda.

Ular faoliyatini kuzatib kelayotgan mutaxassislar fikricha, O’zbekiston Islomiy Harakatining asosi hamon Pokistonning Janubiy va Shimoliy Vaziriston hududlarida, lekin o’tgan bir yil ichida ular Afg’onistonning nisbatan tinch hisoblangan shimoliy viloyatlarida ancha faollashgan.

Sabab – Amerika butun diqqatini Pokiston bilan chegaradosh tog’li mintaqaga qaratib, jangarilarni siquvga olayotgani. Qochishga ulgurganlar endi Panjsher singari ancha barqaror mintaqalarda, deydi amerikalik tahlilchilar.

Afg'on xavfsizlik kuchlari jangarilar portlatgan bazani ko'zdan kechirmoqda. To'rt kishi o'lgan, ikki zobit jarohatlangan. Lekin O'zbekiston Islomiy Harakati bu hujumni qilganini tan olar ekan, olishuv besh soat davom etdi va kamida 50 kishining o'limi bi
Afg'on xavfsizlik kuchlari jangarilar portlatgan bazani ko'zdan kechirmoqda. To'rt kishi o'lgan, ikki zobit jarohatlangan. Lekin O'zbekiston Islomiy Harakati bu hujumni qilganini tan olar ekan, olishuv besh soat davom etdi va kamida 50 kishining o'limi bi

Bill Rojjio (Bill Roggio), harbiy jurnalist. “The Long War Journal”, terrorizmga qarshi urushni yorituvchi xalqaro jurnal bosh muharriri. Amerika razvedka ma’lumotlarini tahlil qilib keladi. Qolaversa, Pokiston mahalliy matbuotini kuzatadi.

Shuningdek, deydi u, jangarilarning propaganda vositalaridan ham ko’p narsani aniqlasa bo’ladi. Ular albatta o’zlarini qudratli kuch sifatida ko’rsatishga urinadi, ammo chiqarayotgan bayonot, video va audiolarni izchil o’rgansangiz, ko’p narsa ayon bo’ladi, deydi Bill Rojjio.

Jangarilar portlatgan harbiy baza, Panjshir viloyati
Jangarilar portlatgan harbiy baza, Panjshir viloyati

Jangarilar ingliz, turk, arab, rus va o’zbek tillarida targ’ibot olib boradi. O’zbekiston Islomiy Harakati veb saytida Panjsherdagi hujum tafsilotlari berilar ekan, besh mujohiddin qahramon sifatida tasvirlanadi.

Bazaga portlovchi modda ortilgan mashinani haydab kirgan shaxs Abdusalom ota deya ulug’lanib, uning yoshi 54 da bo’lgani va aslida Navoiy viloyatidan ekani da’vo qilinadi.

Panjshir viloyati xavfsizligi shu yilning iyul oyida xalqaro koalitsiyadan afg'on kuchlari zimmasiga o'tgan edi
Panjshir viloyati xavfsizligi shu yilning iyul oyida xalqaro koalitsiyadan afg'on kuchlari zimmasiga o'tgan edi

Bu saytlarni kim yuritadi degan savolga Bill Rojjio jangarilarning chet eldagi tarafdorlari va izdoshlari, deya javob beradi.

“Pokistonning g’orlarida yurib, shunday video va suratlar olishayaptimi deb hayron bo’lishingiz tabiiy”, - deydi u.

Panjshir viloyati
Panjshir viloyati

“Lekin bu to’dalar Germaniya va Turkiyada, masalan, o’z kompyuterchilariga ega. Internetdagi propaganda ularning ishi”, - deydi mutaxassis.

“Bugun Afg’oniston shimoli haqiqatan ham ancha notinch”, - deydi Bill Rojjio.

“Chunki Amerika boshchiligidagi xalqaro qo’shin ko’proq janubda harakat qilmoqda. Shimoldagi qo’shnilar, xususan, O’zbekiston va Tojikiston, chegara hududlarida jangarilar ko’paygani haqida biladi va xavotiri tabiiy”, - deydi harbiy jurnalist.

Ahmad Shoh Masud, Panjsher arsloni deya tanilgan xalq qahramoni, ona shahri Tapi Salarda dafn etilgan. U 2001-yilning sentabrida bomba xurujida o'ldirilgan edi. Ahmad Shoh Masud boshchiligidagi kuchlar avval Sovet Ittifoqi, keyinroq esa Tolibonga qarshi k
Ahmad Shoh Masud, Panjsher arsloni deya tanilgan xalq qahramoni, ona shahri Tapi Salarda dafn etilgan. U 2001-yilning sentabrida bomba xurujida o'ldirilgan edi. Ahmad Shoh Masud boshchiligidagi kuchlar avval Sovet Ittifoqi, keyinroq esa Tolibonga qarshi k

Saflari ancha toraygan jangarilar bu mamlakat yoshlarini o’ziga jalb etishdan to’xtamagan.

O’zbekiston Islomiy Harakati, umuman olganda, bugun mintaqa va G’arbga qanchalik tahdid soladi? “Terrorchilar qanchalik xavf tug’dirsa, shuncha”, - deydi Bill Rojjio.

“Bu harakat a’zolari bugun global terror tizimlarining bir qismi”.

Ular boshqa terrorchilar bilan qorishib ketgan. O’zbek yoki tojik jangarilar bir joyda, birgalikda harakat qilmaydi.

Panjshir viloyati
Panjshir viloyati

“Pokistonda Tolibon va al-Qoida yetakchilarini qo’riqlayotganlar orasida o’zbeklar ko’p ekani ma’lum. Al-Qoida liderlari ularning harbiy zehni va bilimidan foydalanib keladi. Ularga sodiq jangchilar sifatida qarab kelishgan. Son jihatdan qancha ekanini bilmaymiz, ammo terrorchilar orasida Markaziy Osiyodan chiqqan o’zbeklar va tojiklar ko’p”,- deydi Bill Rojjio.

O’zbekiston Islomiy Harakati haqida gap ketganda, yuqoridagi singari izohlarni ko’p eshitamiz.

Panjshir viloyati
Panjshir viloyati

Pokistonda Tolibon va chet ellik jangarilar faoliyatini yoritgan mahalliy jurnalistlarning aytishicha, o’zbek jangarilar “kallakesarlar” deya tanilgan. Eng qonli xurujlar ortida ular turib kelgan. Tillarni yaxshi bilishadi, strategik fikrlashadi.

Lekin, deydi mutaxassislar, jangarilarning avlodi yangilanmoqda. Afg’onistonda sovet askari sifatida xizmat qilib, 1990-yillar boshida Juma Namangoniy va Tohir Yo’ldoshga ergashib, islomiy harakatga kirgan o’zbekistonlik, qirg’izistonlik va tojikistonliklarning aksariyati oxirgi 10 yilda o’ldirilgan yoki bedarak ketgan.

Afg'oniston shimoli nisbatan tinch hudud hisoblanadi
Afg'oniston shimoli nisbatan tinch hudud hisoblanadi

Ularning o’rnini esa mustaqillikdan keyin esini tanigan yoshlar egallagan. Afg’oniston va Pokistonda tug’ilib, umrida otasining vatanida bormagan jangarilar bor.

AQSh nazarida hozir eng yirik xavf bu pushtun qabilasiddan chiqqan Jaloliddin Haqqoniy boshchilidagi tizimdir.

Xalqaro koalitsiya asosan bu tod’a bilan olishmoqda, uni nishonga olmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Tojikiston va O'zbekistonda ham to'xtab o'tadi
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Tojikiston va O'zbekistonda ham to'xtab o'tadi

Davlat kotibasi Xillari Klinton mintaqaga safar qilar ekan, xavfsizlik eng nozik masala. Tashrif haqida oldindan axborot berilmadi.

AQSh bosh diplomati juma-shanba kunlari Tojikiston va O’zbekistonda kutilmoqda.

Afg’onistondagi vaziyat va bu boradagi hamkorlik Dushanbe va Toshkentda kechadigan uchrashuv va muzokaralarda asosiy mavzu bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG