Afg’onistonda Tolibon bilan tinchlik muloqotiga mas’ul sobiq rahbar Burhoniddin Rabboniyning o’limi ketidan prezident Hamid Karzay toliblar bilan murosadan ortiq foyda yo’q, degan xulosaga keldi.
Karzay muzokaralarni Pokiston bilan olib borgan ma’qul, deyb hisoblaydi.
“Loya Jirg’a”ning navbatdagi majlisida prezidentning tashabbusi muhokama qilinadi.
Rasmiy Kobul nazarida Afg’onistondagi xurujlarning aksariyatiga aynan Tolibon mas’ul. Ammo harakat Rabboniyning o’ldirilganiga hozircha munosabat bildirmagan.
Pokistonda asoslangan Haqqoniy guruhi ham qotillikka daxlsiz ekanini aytmoqda.
"Amerika Ovozi" Kobuldagi o’zbek jurnalisti Faridulloh To’g’ri bilan Afg’onistondagi jarayonlar borasida suhbatlashdi.