Breaking News

Rabboniy o’ldirildi, Tolibon bilan muloqot nima bo’ladi?


Rabboniy o’ldirildi, Tolibon bilan muloqot nima bo’ladi?
Rabboniy o’ldirildi, Tolibon bilan muloqot nima bo’ladi?

Afg’oniston poytaxti Kobulda seshanba kungi suiqasd xurujida sobiq prezident Burhonniddin Rabboniy o’lgan.

O'zini Tolibon bilan tinchlik muloqotiga kelgan mehmon sifatida tanishtirgan shaxs suhbat chog’ida salllasiga joylangan moslamani portlatgan.

BMT anjumani doirasida Nyu-Yorkda Amerika rahbari Barak Obama bilan ko’rishgan prezident Hamid Karzay voqeani qoralagan. Obamaning aytishicha esa hujum xalqni tinchlik yo’lidan qaytara olmaydi.

Avval Sovet Ittifoqi, so’ngra esa toliblarga qarshi kurashgan arbob, Jamiyati Islomiy oqimi rahbari Rabboniy o’tgan yiil prezident Karzay tashabbusi bilan tuzilgan, 68 a’zolik Tinchlik Kengashi raisi edi.

Uning o’limi Tolibon bilan kechayotgan tinchlik muzokaralarini sekinlatishi mumkin.

"Amerika Ovozi" Jovjon viloyati ma’muriy markazi Shibirg’onda Jumbushi Milliy Islomiy firqasidan xalq noibi etib saylangan, o’zbek jamoasi vakili Inoyatullo Bobur Farahmand bilan mana shu mavzuda suhbatda bo’ldi.

XS
SM
MD
LG