Breaking News

Pokiston afg’on hukumati va Tolibon o’rtasida vositachilik qilishga tayyor


Pokiston afg’on hukumati va Tolibon o’rtasida vositachilik qilishga tayyor
Pokiston afg’on hukumati va Tolibon o’rtasida vositachilik qilishga tayyor

“Tinchlik tashabbusiga Afg’oniston tomon bosh bo’lishi darkor, biz bu jarayonga hissa qo’shamiz”, -deydi Shoh Mahmud Qurayshi, Pokiston tashqi ishlar vaziri.

Tolibon bilan tinchlik muzokaralari hozir boshlang’ich pallada. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha, bu nima bilan tugashi hali ma’lum emas.

Afg’oniston sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi kengash toliblar bilan gaplashayotgani, to’qqiz yillik urushga yakun yashashning noharbiy yo’llari muhokama qilinayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

“Afg’oniston hukumatini bu borada qo’llab-quvvatlaymiz”, -deydi Xillari Klinton. “Muzokaradan ko’zlanayotgan niyat va maqsadlar hammaga ma’lum. Lekin xulosa qilishga shoshmaylik, vaqt oliy hakam”, - deydi vazira.

AQSh pozitsiyasi shuki, zo’ravonlikdan va al-Qoidadan voz kechib, Afg’oniston bosh qomusini tan olgan jangarilar bilangina muzokara qilish mumkin. Ularni tinch hayotga qaytarish uchun ish va boshqa imtiyozlar taklif qilinadi.

Mudofaa vaziri Robert Geyts so’zlariga ko’ra, tinchlik yo’lida har qanday imkoniyatni ishga solsa arziydi. Jarayonni tezlashtirish uchun esa harbiy harakatlarga zo’r berilmoqda.

Shu hafta NATOning Bryusselda o’tgan majlisida bir qancha davlatlar Afg’onistonga qo’shimcha murabbiylar jo’natishga rozilik bergan. Maqsad mahalliy armiyani kelasi yilgacha mustaqil bo’lishga hozirlash.

XS
SM
MD
LG