Breaking News

NATO bugun Afg’onistonda besh askar yo’qotdi


NATO bugun Afg’onistonda besh askar yo’qotdi
NATO bugun Afg’onistonda besh askar yo’qotdi

NATO Afg’oniston janubidagi hujumlarda besh askaridan ayrilganini aytmoqda.

Yil boshidan beri xalqaro alyans to’qqiz harbiysini qo’ldan boy bergan.

O’tgan yili Afg’onistonda NATOning 544 zobiti nobud bo’lgan edi. 2014-yilga borib, koalitsiya kuchlari mamlakatni tark etishi kerak bo’ladi.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQShdan Bagram bazasidagi qamoq va mahbuslar ustidan nazoratni bir oy ichida mahalliy kuchlar zimmasiga topshirishni talab qildi.

Turmada inson huquqlari, xalqaro qonunlar, afg’on konstitutsiyasi buzilayotgani haqida dalillar bor va bunga chek qo’yish lozim, deydi Karzay.

Qamoqxona poytaxt Kobuldan shimolda, AQSh harbiy havo bazasida joylashgan bo’lib, mahbuslari soni aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG