Breaking News

Kobulda afg'on harbiysi 8 amerikalikni otib o'ldirgan


Afg'on askarlari, Kobul, 27 aprel 2011
Afg'on askarlari, Kobul, 27 aprel 2011

Bugun Afg’oniston poytaxti Kobulda afg’on harbiy uchuvchisi AQSh askarlarini o’qqa tutib, sakkiz nafarini o’ldirgan. Yana biri amerikalik kontraktor.

Voqea Kobul aeroportida Afg’oniston harbiy-havo kuchlariga qarashli xonada ro’y bergan.

Tomonlar qizg’in bahs qilib, so’ng o’q ovozlari eshitilgan. Afg’on askari qarshi hujumda otib o’ldirilgan. Yana besh mahalliy zobit yaralangan.

NATO ma’lumotiga ko’ra, qurbon bo’lgan amerikaliklar harbiy instruktorlar bo’lgan.

Afg’oniston Mudofaa vazirligi o’q otgan afg’onning harbiy forma kiygan tolib ekanini inkor etmoqda.

Oy boshida shimoldagi Faryob viloyatida ham afg’on harbiysi ikki amerikalik askarni otib o’ldirgan edi.

Fevralda afg’on armiyasi formasini kiygan odam germaniyalik uch zobitni o’ldirib, olti kishini yaralagan edi.

O’tgan yil noybarida esa afg’on chegara xizmati politsiyachisi sharqda tayyorgarlik paytida olti amerikalik zobitni otib o’ldirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG