NATOning bildirishicha, Afg’onistonda Haqqoniy jangari guruhining yetakchilaridan biri ushlangan. Hoji Malixon Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida afg’on armiyasi va koalitsiya birga o’tkazgan operatsiyada qo’lga tushgan.
Amaliyot paytida hoji va uning safdoshlari qarshilik ko’rsatmagan. U jangarilar ikki davlat o’rtasida bemalol qatnashini ta’minlab kelgan edi.
Xalqaro alyans uchun bu Haqqoniyga qarshi kurashda muhim g’alaba. Lekin Tolibon Hoji Malixon ushlangani yo’q, NATO xabarlari yolg’on, demoqda.