Breaking News

Pokiston, Tolibon qatnashmasa, Bonn anjumanidan nima kutish mumkin?


Pokiston, Tolibon qatnashmasa, Bonn anjumanidan nima kutish mumkin?
Pokiston, Tolibon qatnashmasa, Bonn anjumanidan nima kutish mumkin?

Bugun Germaniyaning Bonn shahrida Afg’oniston kelajagiga doir xalqaro anjuman ish boshlayapti. Unda qariyb 100 davlatdan rasmiylar qatnashadi, jumladan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va afg’on rahbari Hamid Karzay.

Pokiston konferensiyani boykot qilgan. “Lekin bu uning o’ziga ziyon”, - deydi AQSh elchisi Rayan Kroker “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Pokiston hukumati Bonn konferensiyasida qatnashmaslik qarorida qat’iy. O’tgan hafta Afg’oniston bilan chegarada, NATO havo hujumida pokistonlik 24 zobit halok bo’lganiga nisbatan javob bu.

AQShning Kobuldagi elchisi Rayan Kroker Pokiston qaroridan afsusdamiz, deydi.

Elchi Rayan Kroker Pokiston qaroridan afsusdamiz, deydi.
Elchi Rayan Kroker Pokiston qaroridan afsusdamiz, deydi.

“O’chig’ini aytsam, ular zo’r imkoniyatni boy berayapti. Lekin tinchlik tomon harakat davom etadi. Muhokamalar natijasiga ta’sir qilmaydi”, - deydi diplomat.

Bundan 10 yil oldin Afg’oniston bo’yicha ilk sammitga ham Germaniya mezbonlik qilgan. Mamlakatda muvaqqat hukumat o’rnatilib, Tolibondan keyingi rejalar, taraqqiyot va yordam dasturlari belgilab olingan o’shanda.

Bu davr mobaynida ko’p narsaga erishildi deyish qiyin. Shu yilning sentabrida Tolibon bilan tinchlik muzokaralari uchun mas’ul, afg’on sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniy o’ldirildi. AQSh-Pokiston munosabatlari kun sayin taranglashib bormoqda.

Bu safargi Bonn sammitida asosiy o’yinchilar - Pokiston va Tolibon harakati vakillari qatnashmayapti.

Elchi Rayan Kroker deydiki, “muhimi, xalqaro hamjamiyat Afg’onistonni bundan keyin ham har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Afg’onlar buni bilishi kerak”.

Pokiston, Tolibon qatnashmasa, Bonn anjumanidan nima kutish mumkin?
Pokiston, Tolibon qatnashmasa, Bonn anjumanidan nima kutish mumkin?

Ta’lim va boshqa sohalarda yutuqlar bor.

“Afg’onistonda bugun sakkiz million bola maktabga qatnaydi, shundan 40 foizi qizlar. Odamlar ko’proq umr ko’rayapti, turmush yaxshilangan. Savdo-tijorat avjida”, - deydi elchi.

Rayan Kroker shu yil yozda lavozimga tayinlangan. Undan oldin Iroq, Pokiston va Suriyada ham ishlagan.

2014-yil Afg’oniston uchun muhim sana. Xalqaro koalitsiya qo’shinlari mamlakatni tark etgach, xavfsizlikni ta’minlash vazifasi mahalliy armiya zimmasiga o’tadi.

Hamid Karzay ma’muriyati yiliga 10 milliard dollar yordamga muhtoj ekanini aytib kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG