Breaking News

Fransiya qo'shinlari Afg'onistonni muddatidan erta tark etadi


Fransiya qo'shinlari Afg'onistonni muddatidan erta tark etadi
Fransiya qo'shinlari Afg'onistonni muddatidan erta tark etadi

Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi fransuz qo'shinlari Afg'onistondan rejadan bir yil oldin chiqarilishini aytmoqda. Sarkozi juma kuni Parijda afg'on prezidenti Hamid Karzay bilan uchrashib, unga shu haqda ma'lum qilgan.

O'tgan hafta Afg'onistonda mahalliy zobit to'rt fransuz askarini o'ldirib, bir nechtasini yaralagach, Sarkozi jangovar operatsiyalarni to'xtatishni buyurdi. Xalqaro qo'shinlar 2014-yil oxirigacha Afg'onistonni tark etishi kutilar ekan, Fransiya rahbari bu ishni bir yil oldin qilmoqchi.

"NATOdan jangovar operatsiyalarni afg'on qo'shinlariga topshirishni so'raymiz", - deydi Sarkozi Karzay bilan o'tgan matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, jarayon bosqichma-bosqich o'tkaziladi. 400 askar o'tgan yili vataniga qaytgan. Joriy yilda ming harbiy Afg'onistonni tark etadi va 2013-yilda qolgan 2600 nafari ham chiqariladi. Ammo, deydi Sarkozi, Fransiya afg'on armiyasini tayyorlashda davom etadi.

10 yildan beri davom etayotgan afg'on urushida shu kungacha fransiyalik 82 zobit o'lgan.

Ayrim tahlilchilarga ko'ra, Sarkozining so'nggi qarori shu yili Fransiyada bo'ladigan prezident saylovlari bilan bog'liq. Ammo Fransiya ketidan boshqa davlatlar ham qo'shinlarini muddatidan erta chiqarishi mumkin degan xavotirlar mavjud.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG