Fransiyada o'tgan prezident saylovlarida sotsialist Fransua Olland Nikolya Sarkozi ustidan g'alaba qozongan. Dastlabki natijalar shundan dalolat bermoqda.
Prezident Sarkozi raqibiga qo'ng'iroq qilib, mag'lubiyatni tan oldi.
“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan fransuzlar Sarkozi besh yildan beri prezident sifatida nima qila olishini ko’rsatib bo’ldi, yurt yangi rahbarga tayyor deydi.
Siyosiy tahlilchilar nazarida Sarkozi Fransiya siyosiy va iqtisodiy qudratini oshirish uchun ko’p ishlar qildi. Lekin tub muammolar, ishsizlik va boshqa iqtisodiy muammolarni yecha olmadi.Fransua Olland yangi siyosatchi emas. Sotsialistik partiyani uzoq davrdan beri boshqarib keladi.
Olland o’z xalqini real masalalarga real yechim qidirishga undamoqda.
“Muammolar bir kunda hal bo’lmaydi, lekin ularni hal etish mumkin, men mana shuni isbotlab beraman sizga”, - deydi u.
Sarkozi so'nggi daqiqagacha umidni boy bermaganini aytib, fuqarolarni saylovda faol qatnashishga chaqirgan edi.