Breaking News

Fransiya motamda, Afg'onistondagi qo'shinlardan xavotirda


Fransiya Mudofaa vaziri Jerar Longue (Gerard Longuet) yurtdoshlarining tobutlari oldida. Marhumlar Kapisa viloyatida mahalliy askarlarni tayyorgarlikda o'tkazayotgan zobitlar edi. Kecha bir afg'on harbiysi ularni otib o'ldirgan.
Fransiya Mudofaa vaziri Jerar Longue (Gerard Longuet) yurtdoshlarining tobutlari oldida. Marhumlar Kapisa viloyatida mahalliy askarlarni tayyorgarlikda o'tkazayotgan zobitlar edi. Kecha bir afg'on harbiysi ularni otib o'ldirgan.

Fransiya Mudofaa ishlar vaziri Jerar Longue bugun Kobulda prezident Hamid Karzay va boshqa rasmiylar bilan muzokara olib bordi.

Kecha sharqiy Kapisa viloyatida afg’on askar to’rt fransuz zobitini otib o’ldirgan edi. Yana 15 harbiy jarohatlangan. Afg’on askari hibsga olingan. Hujum paytida fransuzlar, mahalliy kuchlarni tayyorgarlikdan o’tkazayotgan mutaxassislar, qurolsiz bo’lgan.

Fransiya xalqaro koalitsiya safidagi qo’shinlarini vatanga qaytaradi degan ogohlantirishlar bor.

Lekin bugun Jerar Longue “Mamlakatimiz Afg’onistondagi tinchlikni ta’minlash uchun o’z hissasini qo’shishda davom etadi”, - dedi.

Parijda prezident Nikolya Sarkozi Afg’oniston hukumatidan chet ellik murabbiylar xavfsizligini ta’minlashni talab qilmoqda.

Fransiya harbiylariga motam tutib, uzoq yurtdagi farzandlari nima uchun jon berganini muhokama qilmoqda. Mamlakat matbuotida tanqidiy maqolalar chiqqan.

Xalqaro koalitsiya qo’mondoni, AQSh generali Jon Allenning aytishicha, kechagi voqea izchil tergov qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG