Breaking News

Pentagon: Namoyishlarga qaramay Afg'onistonda missiya davom etadi


Hozir Afg'onistonda 130 ming kishilik xalqaro koalitsiya xizmat qilmoqda
Hozir Afg'onistonda 130 ming kishilik xalqaro koalitsiya xizmat qilmoqda

AQSh rasmiylarining aytishicha, Afg’onistondagi missiya davom etadi. Mana bir necha kundirki, mamlakatda qonli namoyishlar va harbiy ob’yektlarga hujumlar kamida 40 odam, jumladan, to’rt amerikalikni hayotdan olib ketgan.

Amerika yetakchi xalqaro koalitsiya mahalliy armiya malakasini oshirishda davom etmoqda, deydi Pentagon ma’murlari.

“Mudofaa vaziri Leon Panetta va general Martin Dempsi Afg’onistonga doir strategiyaga sodiq qolmoqda”, - deydi Amerika Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jorj Littl.

“Tolibonga qaqshatqich zarba berildi. Afg’on qurolli kuchlari kun-sayin kuchga to’liq bormoqda”, - deydi u.

Afg’onistondagi AQSh harbiy bazasida Qur’on va boshqa diniy kitoblar yoqilgani haqidagi xabarlar namoyishlarni avj oldirib, Amerika missiyasi ertaroq tugashi mumkin, degan taxminlar yangray boshladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG