Breaking News

Afg'on rahbari: Taqdirimiz o'z qo'limizda


Afg'on prezidenti Hamid Karzay AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan, Kobul, 15-mart, 2012.
Afg'on prezidenti Hamid Karzay AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan, Kobul, 15-mart, 2012.

Qandahorda ro’y bergan qonli fojia ketidan, Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQSh harbiylari qo’shinlarimizni tark etsin, bazalariga qaytsin, deya talab qo’ymoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan Kobulda muloqot qilar ekan, afg’on rahbari “mamlakat xavfsizligini ta’minlash ishlarini 2014-yilda emas, kelasi yildan boshlab o’zimizga topshiravering” degan.

11-mart kuni Qandahorda amerikalik zobit 16 afg’onni, jumladan bolalarni otib o’ldirgan edi. Voqeani “kechirib bo’lmas qotillik” deya ta’riflagan Hamid Karzay g’azabda, xorij qo’shinlari yurtini ertaroq tark etishini so’ramoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta nazarida esa, fojiaga qaramasdan, Afg’oniston bilan uzoq muddatli hamkorlik bitimi imzolanishiga ishonch bildiryapti.

Urushni yakunlash bosh maqsad ekan, Vashington Qatarda Tolibon bilan muzokara olib borayotgani ma’lum. Biroq toliblar kechagi bayonotida “AQSh tomon bir qancha mavzular bo’yicha pozitsiyasini ochiq aytishi kerak” deya, muzokarani vaqtincha to’xtatishini bildirdi.

11-mart kuni Qandahorda amerikalik zobit 16 afg'onni otib o'ldirgan edi
11-mart kuni Qandahorda amerikalik zobit 16 afg'onni otib o'ldirgan edi
Vashington-Kobul strategik hamkorlik kelishuvi yo’lidagi to’siqlardan biri bu - NATO tungi reydlarni davom ettirayotganidir. Prezident Karzay deydiki, bu operatsiyalar begunoh odamlar o’limiga sabab bo’layotir.

Qandahorning Panjvayi tumanida xonadonlarga kirib, odamlarni otgan amerikalik harbiy, 38 yoshli serjant kecha Quvaytdagi harbiy bazaga yetkazilgan. Pentagonning ma’lum qilishicha, bu uning sud ishi Afg’onistonda o’tmaydi degani emas.

Jalolobod va boshqa shaharlarda namoyishchilarning talabi shu – jinoyatchi ustidan ochiq sud o’tkazilsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG