Breaking News

Hamid Karzay AQShga qat'iy talablar qo'ymoqda


Afg'on rahbari Hamid Karzay Qandahordagi qotillikda yaqinlaridan ayrilgan fuqarolar bilan muloqot qildi
Afg'on rahbari Hamid Karzay Qandahordagi qotillikda yaqinlaridan ayrilgan fuqarolar bilan muloqot qildi

O’tgan hafta Qandahor viloyatida 16 begunoh afg’onni o’ldirgan amerikalik askarning ism-sharifi ma’lum – serjant Robert Beyls.

38 yoshli harbiy hozirda Amerikaga olib kelingan. Kanzas shtatidagi hibsxonada. Unga hali rasman biror ayb qo’yilmagan. Afg’oniston hukumati va ommasi serjantning jinoyat sodir etilgan yurtda sudlanishini talab qilmoqda.

AQSh rasmiylarining javobi shuki, tergov ishlari hali tugamagan va bu borada biror qarorga kelinmagan.

Kecha Beylsning advokati Jon Genri Braun serjant ruhan tushkunlikda bo’lgan, tinimsiz jang qilish oqibatida depressiya holatida deya bayon qilgan edi.

Barak Obama, Oq Uy
Barak Obama, Oq Uy
Harbiy Afg’’onistonda xizmatni 2011-yilning dekabrida boshlagan. Undan oldin uch bora Iroqqa safarbar etilgan. Miyasi va oyog’idan jarohatlangan. Gospitaldagi muolajalar ketidan yana xizmatga tayyor deb topilgan. Beyls oilali, ikki farzandning otasi.

Prezident Barak Obama Qandahordagi voqeani dahshatli qotillik deb atab, adolat ta’minlanadi deya va’da bergan. U va boshqa yuqori lavozimli rasmiylar va qo’mondonlar afg’on xalqidan qayta-qayta kechirim so’ragan.

Hamid Karzay, Afg’oniston prezidenti, Amerika kuchlari qishloqlarga oyoq bosmasin, bazalardan ruxsatsiz chiqmasin degan talablar bilan chiqqan.

Karzay Kobulda qotillikda yaqinlaridan ayrilgan fuqarolar bilan muloqot qilgan va ularga "jinoyatchi jazosini oladi" deb so'z bergan.

Kecha Obama va Karzay telefonda gaplashgan. Unda ham shu mavzuda so’z ketgan. Obama AQSh masalaga chuqur mas’uliyat bilan yondashadi deya ishontirishga harakat qilgan.

Xalqaro koalitsiya maqsadlari o’sha o’sha, deydi Obama, Afg’oniston xavfsizligini 2014-yilga borib afg’onlarning o’zi qo’lga olishini ta’minlash.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG