Breaking News

Begunoh afg'onlar qonini to'kkanlikda ayblanayotgan askarlar

Vashington shtatidagi harbiy tribunal tasviri... Sudya zalga kameralarni kiritmagan taqdirda mana shunday chizgilar olinadi. Serjant Kalvin Gibbs boshliq to'da, deydi prokurorlar, Afg'onistonda vahshiy jinoyatlarni amalga oshirgan.

AQSh harbiy tribunali serjant Kalvin Gibbsni begunoh afg'onlarni o'ldirganlikda aybdor deb topgan. 26 yoshli Gibbs umrbod qamoq jazosiga loyiq ko'rilmoqda.

Serjant Gibbs biror aybni bo'yniga olmagan
Serjant Gibbs biror aybni bo'yniga olmagan

Prokurorlarning aytishicha, Gibbs boshliq to'da notinch o'lkada vahshiy jinoyatlarni amalga oshirgan. Besh askar oddiy fuqarolarni tutib azoblagan, qiynoqqa solib o'ldirgan, ayrim holatda "esdalik uchun ularning barmoqlarini kesib olishgan", deyiladi tribunal ko'rib chiqqan hujjatlarda.

Gibbs qo'lida jon berganlardan biri 15 yoshli qurolsiz afg'on bola bo'lgan. Ko'chada ketayotganida tutib olib, qiynashgan, so'ngra otib o'ldirishgan. Askarlar jasadning yonida suratga tushishgan.

Bu jinoyatlar, deya bildiradi harbiy tribunal, Afg'onistonda tinchlikni ta'minlashga urinayotgan Amerika va uning minglab harbiylari yuziga katta dog'
Bu jinoyatlar, deya bildiradi harbiy tribunal, Afg'onistonda tinchlikni ta'minlashga urinayotgan Amerika va uning minglab harbiylari yuziga katta dog'

Gibbs ayblovlarni tan olmagan. Uning uch sherigi jinoyatlarga iqror bo'lgani uchun yengilroq jazo olishi kutilmoqda.

Yana ikki kishi Gibbsga qarshi guvohlik bergan. Beshinchi askarning sudi endi boshlanmoqda.

Mahkama jarayoni Vashington shtatidagi harbiy bazada kechmoqda.

Harbiy tergovchilarning qayd etishicha, bu jinoyatlar - Afg'onistondagi 10 yillik urush davomida qayd etilgan eng qabih harakatlardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG