Breaking News

So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan


“Ta’lim, sog’liqni saqlash va qaysidir ma’noda xavfsizlik sohalarida oldinga siljish bor. Afg’oniston uchun bu katta gap".
“Ta’lim, sog’liqni saqlash va qaysidir ma’noda xavfsizlik sohalarida oldinga siljish bor. Afg’oniston uchun bu katta gap".

Afg’onistonda xalq xavfsizlik borasida hamon xavotirda, lekin hukumat, armiya va politsiyaga ishonchi ortgan. Odamlar Tolibondan yiroqlashdi, deyiladi AQShda asoslangan Osiyo jamg’armasi so’rovida.

Afg’oniston siyosiy hayoti o’tgan bir yil ziddiyatlarga boy bo’lganiga qaramay xalq hokimiyatdagilarni hurmat qiladi. So’ralganlarning 73 foizi Hamid Karzay ma’muriyati xatti-harakatidan mamnun.

“Ta’lim, sog’liqni saqlash va qaysidir ma’noda xavfsizlik sohalarida oldinga siljish bor. Afg’oniston uchun bu katta gap. Kelajakka umid bor”, - deydi so’rov mualliflaridan biri, afg’onistonlik Najla Ayubiy.

So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan
So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan

Hukumatga nisbatan tanqidlar ham yo’q emas. “Korrupsiya, ishsizlik va notinchlik qachon tugaydi” deya shikoyat qiladi ular. “Mamlakat ortga qarab ketmoqda” deganlar soni 2010-yilda 27 foiz bo’lsa, joriy yilda 35 foizga yetgan.

Osiyo jamg’armasining Kobuldagi rasmiysi, so’rovni o’tkazgan Fozil Rabi Haqbin buning sababi ayon, deydi. O’sha kundalik xavf-xatar, ertangi kunga ishonchning ozligi, ish o’rinlarining yo’qligi, poraxo’rlik va hokazo.

Tadqiqot Afg’onistonning xavfli sanalmish joylaridan tashqari aksariyat shahar, qishloqlarida olib borilgan. So’ralganlarning 57 foizi erkak, 42 foizi ayol.

So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan
So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan

Davlat miqyosida olib qaraganda, tahlika, shubha va vahima xalqni qiynayotgan omillar. Shahar va viloyatlar miqyosida eng katta muammo – ishsizlik.

Afg’oniston ichki ishlar va qurolli kuchlariga bo’lgan izzat 80-90 foizdan ko’p.

Osiyo fondi shu damgacha mamlakatda yetti bor so’rov o’tkazgan va bu galgisi eng yirigidir. Najla Ayubiy jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar bundan foyda ko’radi, deydi.

“Xalqdan, har bir fuqarodan fikr so’rashimiz kerak, lekin bu juda mushkul vazifa. Ma’lumot yetarli emas. Holbuki, to’plangan raqamlar, fikrlar Afg’oniston hukumati, fuqaro jamiyati va bu davlat bilan ishlayotgan xalqaro hamjamiyat uchun kerakli. Reja, yordam va hamkorlik dasturlari shunga qarab ishlanadi”, - deydi Ayubiy.

So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan
So’rov: Afg’on xalqi Tolibondan aynib, hukumatga ishona boshlagan

Osiyo jamg’armasi bu ma’lumotni o’rganishda davom etmoqda va batafsil hisobot kelasi yil e’lon qilinishi kerak.

Ertaga esa poytaxt Kobulda milliy majlis o’tishi va unda 2000 dan ziyod mahalliy siyosatchi, qabila yetakchilari va faollar qatnashishi kutilmoqda.

Kun tartibidagi asosiy mavzular – Afg’oniston-AQSh aloqalari va toliblar bilan murosa.

Jangarilar bu yig’inni nishonga olishini aytib, ogohlantirgan.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG