Breaking News

AQSh Afg'oniston urushiga doir maxfiy hujjatlar Internetda chop etilganidan norozi


Hujjatlar 2004-2009 yillardagi darvni o'z ichiga oladi. Unda maxfiy operatsiyalar tafsilotlari bayon etiladi.

AQSh va Pokiston rasmiylari Qo'shma Shtatlarning Afg'onistondagi urushiga doir maxfiy deyilayotgan hujjatlarning Internetda chop etilishini qoralamoqda. WikiLeaks deb nomlanuvchi sahifa kuni kecha 2004-2009 yillarni qamrovchi o'n minglab hujjatlarni Internetga yuklagan.

Davlat xavfsizlik maslahatchisi Jeyms Jouns buni mas'uliyatsizlik deya baholab, bu hol amerikalik va ittifoqchi harbiylar hayoti hamda milliy xavfsizlikni tahdidga uchrashini ta'kidlagan.

Chop etilgan hujjatlarda AQShning jangari va terrorchilar rahbarlariga qarshi maxfiy operatsiyalari tafsilotlari keltiriladi. Ba'zilarida esa Pokiston razvedkasi afg'on jangarilariga yordam berayotgani haqidagi xavotir aks etadi.

WikiLeaks asoschisi Julian Essenjning aytishicha, jami 75 mingdan ziyod maxfiy hujjat urushning olti yillik davri haqida to'liq tasavvur beradi.

"Hujjatlar yangi emas, ularda qo'shinlarning harakatlanishi va shunga o'xshash nozik taktik ma'lumot yo'q. AQSh maxsus kuchlari, Markaziy Razvedka Boshqarmasi, koalitsiyaga a'zo mamlakatlar qo'shinlariga doir o'ta maxfiy hujjatlar chop etilmagan", deydi Essenj.

Ularda oddiy afg'onlar orasidagi talofatlar haqida ham ma'lumot bor. Ba'zilaridan shuni bilish mumkinki, deydi hujjatlarni chop etgan xizmat rahbari Essenj, harbiylar ko'p hollarda fuqaro talofatlari bo'yicha noto'g'ri ma'lumot beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG