Breaking News

Vashington futbol jamoasi yangi stadionga ega bo'ldi


AQShda futbolga qiziqish kuchaymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:24 0:00

Poytaxt Vashingtonning "DC United" (Di-Si Yunayted) futbol jamoasi yangi stadionga ega bo'ldi. 400 million dollarlik "Audi" arenasi jamoa muxlislari uchun katta sovg'a bo'ldi. Yangi stadion "DC United" natijalarini ham yaxshilashi kutilmoqda. Tafsilotlar bilan men Behzod Muhammadiy.

"Audi" stadionining ochilish tadbirida 1500 dan ortiq odam ishtirok etdi. Maydonning o'zi 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan. "DC United" jamoasi egalaridan biri, indoneziyalik tadbirkor Erik Zohirning aytishicha, yangi stadion futbol jamoasining qayta tug'ilishi bilan barobar.

"2013-yil hamkorim Jeyson Leviyen bilan "DC United"ni sotib olayotganimizda ikki narsani va'da qilganman: birinchisi, yangi stadion qurishni, ikkinchisi esa stadion qurilgandan keyin jamoani qayta qurishni. Xudoga shukur, bugun stadion ochildi. Veyn Runini olib kelish bilan biz jamoani qayta qurishni boshlavordik", - deydi Zohir.

"Manchester United" va Angliya milliy terma jamoasining sobiq to'purari Runi jamoaga taklif etilgan besh xalqaro o'yinchidan biri. U "DC United" bilan ikki yarim yilga 13 million dollarlik shartnoma tuzdi. Shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

"Xorijda yashash, bu yerga kelib o'ynash men uchun, oilam uchun katta imkoniyat. Bu yerga kelish to'g'ri qaror bo'ldi, deb o'ylayman. Yangi liga uchun, yangi muxlislar uchun o'ynash ham yoqimli. Ko'p gollar ura olaman, deb o'ylayman va jamoadagi yosh futbolchilarga yordam beraman. Doim yutishni xohlaganman va futbol o'ynashni sevaman. Boshqa o'yinchilarga ham shuni o'rgataman", - dedi Runi.

Amerikaning to'rt karra chempioni bo'lgan "DC United" g'alabalar soni bo'yicha "LA Galaxy"dan keyin ikkinchi o'rinda. Ammo so'nggi o'n yilda ahvoli ancha yomonlashgan. Hozir milliy liganing sharqiy konferensiyasida eng oxiridan joy olgan.

Runi kelishi bilan umidlar oshgan. U jamoaning reytingini yaxshilashga yordam beradi, deydi jamoa murabbiysi Ben Olsen.

"Uning borligi maydonda ham, jamoada ham bizga yordam beradi. U ajoyib yigit, ajoyib jamoadosh. U o'yinlarda yutishni xohlaydi, eng muhimi - yaxshi jamoadosh bo'lishni istaydi", - deydi Olsen.

Runi jamoa muxlislarining ishtiyoqini ham kuchaytirdi.

"Vashingtonga kubokni qaytaramiz. Runi ko'plab kuboklarni qo'lga kiritgan va ulardan yana birini qo'lga kiritamiz", - deydi muxlislardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG