Breaking News

Komilov: Diniy erkinlik bobida AQSh bilan yaqin hamkormiz


Uzbek FM Abdulaziz Komilov: Religious freedom matters
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:04 0:00

Uzbek FM Abdulaziz Komilov: Religious freedom matters

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 25-iyul kuni Vashingtondagi Milliy matbuot klubida qilgan nutqi. Tadbirda O'zbekistonda e'tiqod erkinligi qay ahvolda ekani muhokama qilindi. Tafsilotlar bilan shu saytda tanishish mumkin.

O’zbekiston delegatsiyasi bu safar Davlat kotibi Mayk Pompeoning taklifiga binoan diniy erkinlikni ta’milashga doir masalalar yuzasidan Vashingtonga tashrif buyurdi. Albatta, biz O’zbekistoning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilgan islohot va oz’garishlar, tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlari haqida gapirishga tayyormiz. Biroq, dastlab e’tiboringizni diniy erkinlik, muammolarning mohiyati hamda ularni hal etishda AQSh bilan qanday hamkorlik qilish ehtiyoji borligigiga qaratmoqchiman.

Birinchidan, O’zbekistonda barcha dinlar va diniy guruhlarga nisbatan asriy bag’rikenglik va ehtirom mavjud. Mamlakatimizda 140ga yaqin millat va elatlar yashaydi, 16ta diniy konfessiyalar va 200ga yaqin diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritadi. Bularning barchasi bizning yirik tarixiy, madaniy va sivilizatsion me’rosimizdir. Yurtimizda hech qanday millatlararo nizolar yoki diniy to’qnashuvlar kuzatilmagan. Albatta, ba’zan muayyan muammolarning yuzaga kelishini tan olamiz. Biroq ushbu shaxsiy masalalar O’zbekistonda diniy erkinlikka doir umumiy vaziyatga baho berish uchun yetarli sabab bo’la olmaydi. Bundan tashqari, biz muayyan diniy guruhlarga alohida imtiyoz va sharoitlar yaratib berish bilan diniy nizolarning kelib chiqishiga turtki bo’lmasligimiz kerak.

Ikkinchidan, O’zbekiston 2006-yilda alohida muammoli mamlakatlar ro’yxatiga kiritilgan edi. Aytish mumkunki, ana shu davr O’zbekiston-Amerika munosabatlari tarixidagi eng salbiy davr bo’ldi. Bunga 2005-yildagi Andijon voqealari, K2 harbiy bazasining yopilishi, umuman olganda, Vashington bilan aloqalarning favqulodda sovib ketishi sabab bo’lgan edi. Ana shu davrda men AQShda elchilik vazifasini bajarar edim va o’zaro aloqalarimizning o’ta mushkul va chigal holatini yaxshi eslayman. Xususan, diniy erkinlik muammolari ham qator jiddiy masalalarning bir qismi edi. Shuning uchun ham uni mavjud muammolar to’plamidan alohida ajratib bo’lmas, samarali muzokaralarga erishish mushkul edi. Nima uchun bu mavzuga to’xtalyapman, chunki ayni damda strategik hamkorligimizning yangi davri, ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining AQShga uyushtirilgan samarali rasmiy tashrifidan keyingi davr, o’zaro aloqalarning yangi bosqichini boshab berdi. Biz AQSh bilan keng ko’lamli masalalar, jumladan, diniy erkinlikni ta’minlash borasida ham yaqindan hamkorlik qilamiz degan umiddamiz.

Uchinchidan, biz O’zbekistonda diniy erkinlikni ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga doir AQSh Davlat Departamenti tarafidan taqdim etilgan tavsiyalarni tadbiq qilish uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini tan olamiz. Ushbu borada biz uzluksiz ishlar olib boryapmiz. O’ylaymanki, hamkablarim bu mavzuga batafsil to’xtab o’tadi.

To’rtinchidan, e’tiqod erkinligi kabi nozik masalalarda gapirilar ekan, dinning siyosiylashuvi va turli ekstremistik kuchlar tarafidan dinning o’z maqsadlariga erishish yo’lida ekspluatatsiya qilinishi holatlarini ham inobatga olishimiz lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG