O'zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning 25-iyul kuni Vashingtondagi Milliy matbuot klubida qilgan nutqi. Tadbirda O'zbekistonda e'tiqod erkinligi qay ahvolda ekani muhokama qilindi. Tafsilotlar bilan shu saytda tanishish mumkin.
Ayni paytda O’zbekitonda biz guvohi bo’layotgan o’zgarishlar shamoli diniy soha va shu boradagi davlat va xalq o’rtasidagi munosabatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Ana shu o’zgarishlar ijobiy va liberal xarakterga ega. Ko’plab mutaxassislar tan olganidek, O’zbekiston turli xil dinlar uchun qulay makon sanaladi.
Dinlar O’zbekiston hududida asrlar mobaynida tinchlik va hamohanglikda mavjud bo’lib kelgan, din bilan aloqador ijtimoiy adovat va ziddiyatlar amalda kuzatilmagan. Aslini olganda ham, O’zbekistonning bir ko’chasi bo’ylab joylashgan turli ibodatxonalar, cherkovlar, sinagog va masjidlarni ko’rish mumkun, bu borada hech qanday muammo yo’q. Shuningdek, mustaqillik yillarida biz yuzma-yuz kelgan bir qator muammolarni ham sanab o’tishimiz kerak. Bu eng avvalo radikal va diniy ekstremistik g’oyalarni targ’ib etgan xalqaro terrorizm bilan bog’liq muammolardir. Ana shu xavf naqadar jiddiy bo’lganini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Bizning O’zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun qanday bosqichlardan o’tganimizni ko’pchilik yaxshi biladi.
Tabiiyki, jiddiy tahdidlarga qarshi kurash odamlar hayoti va diniy jabhalarga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Xavfsizlikni ta’minlash masalalari, o’z o’rnida, qurbonliklar ham talab etadi. Natijada, odamlarning davlat organlariga bo’lgan ishonchi yo’qoldi. Ayni damda yangi rahbariyat mavjud muammolarni ochiqcha tan olmoqda va real yechimlarga erishish uchun intilmoqda. Xususan, so’roq jarayonlarida va qamoqxonalarda qo’llanilgan qiynoqlarni fosh etish va to’xtatish aynan Prezidentning shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Tashabbuslar faqatgina muammolarga qarshi kurash bilan chegaralanmaydi. Prezident tarafidan mustaqil sud tizimini shakllantirish, so’roq jarayonlariga video kuzatuv tizimini joriy qilishga doir ko’rsatmalar ham berilib, amalga tadbiq qilindi. Shuningdek, jamoat nazorati, ma’muriy tartib va korrupsiyaga qarshi kurash tog’risidagi qonunlar qabul qilindi.
O’zbekistonning yangi diniy siyosati xalqaro standartlar va shartnomalarga to’liq muvofiq keladi. Diniy huquqlar muqarrar emas. Ularning chegarasi mavjud emas. Xalqaro shartnomalar normalariga muvofiq, demokratik jamiyatda ijtimoiy xavfsizlik, tartib, fuqarolarning ma’naviy huquqlariga ta’siridan kelib chiqib dinga nisbatan muayyan cheklovlar o’rnatilishi mumkun. O’zbekiston ana shu normalarni to’liq tan oladi.
Shuningdek, biz xalqaro hamkorlik uchun o’z darvozalarimizni ochdik. O’zbekiston tarixida ilk marotaba BMTning maxsus elchisi yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Inson huquqlari bo’yicha oliy komissar ham O’zbekistonda bo’ldi. Ruxsatingiz bilan, O’zbekistonda yuz bergan so’nggi amaliy o’zgarishlarga to’xtalib o’tsam.
Avvalo, O’zbekistonda konsultativ organga asos solindi. Din ishlari bo’yicha davlat qo’mitasi tarkibida 16ta diniy konfessiyalar hamda Iegova shohidlari liderlari a’zo bo’lgan Diniy Kengash tuzildi. Prezidentning yangi qaroridadiniy soha vakillarini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, diniy tashkilotlarni ro’yxatga olish tartibini ham to’liq qayta ko’rib chiqdik. Xususan, ro’yxatdan o’tish to’lovi 5 martaga kamaytirilidi, taqdim etilishi lozim bo’lgan hujjatlar soni qisqartirildi, adliya vaziriga faoliyatlari yuzasidan beriladigan hisobotlar soni avvalgiday har kvartalda emas, yiliga bir marta amalga oshiriladigan bo’ldi.
Adliya vaziri qonunga hilof harakatlar uchun diniy tashkilotlarni 2000 AQSh dollariga qadar miqdorda jarimaga tortish huquqiga ega edi. Biz o’z ixtiyorimiz bilan ana shu huquqdan voz kechdik. Hozirgi kunda O’zbekistonda 2256 tadan ziyod diniy tahkilotlar mavjud. Shuningdek, 16ta diniy konfessiya, 175 ta xristian dini tashkilotlari, 8ta yahudiylar jamoasi, Iegovo shohidlari, xirstian jamiyati, Budda ibodatxonasi hamda dinlararo Bibliya jamiyati faoliyat yuritadi.
Ayni paytda O’zbekistonda diniy masalalar bo’yicha asosiy qonun qayta yozib chiqilmoqda. Bu “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonundir. So’nggi 20 yil ichida ushbu qonunga deyarli hech qanday o’zgartirishlar kiritilgan emas. Dinga aloqador jinoyatlarni dekriminalizatsiya qilish bo’yicha maxsus kommissiya ishlamoqda. Shuningdek, qonun loyihasida diniy material va adabiyotlarni chop etish, import qilish va tarqatish huquqiga ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar soni ko’paytirilganini ko’rish mumkun.
Alohida ta’kidlash lozimki, biz import qilinayotgan diniy materiallarni xavfsizlik nuqtai nazaridan ekspertiza qilish huquqini saqlab qoldik. Yana bir muhim muammolardan biri – diniy libos masalasidir. Biz jamoat joylarida yopiq yuz bilan harakatlanishga qo’yilgan taqiqni to’liq qo’llab-quvvatlaymiz.
O’zbekistonda asli rasmiy bo’lmagan qora ro’yxat odamlar va ularning oilalari hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelar edi. Hozirgi kunda ozodlikka chiqqan 16000 kishi ana shu ro’yxatdan chiqarilgan. Endilikda ular din bilan bog’liq holda ayblanganlardan emas. Shuningdek, O’zbekistonda muqaddas diniy obyektlar turizmini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Radikal g’oyalarga qarshi kurashish maqsadida diniy obyektlar turizmi uchun chegaralarimiz yopib qo’yilgan edi. Bugungi kunga kelib biz 17 davlat uchun vizalarni bekor qildik. Yangi elektron viza tizimi joriy qilinmoqda. Bu o’z o’rnida butun dunyo mamlakatlarini diniy obyektlar turizmi uchun O’zbekistonga jalb etish imkonini yaratadi.
Biroq asosiy o’zgarishlar insonlarning ongida yuz bermoqda. Odamlar bugun yangicha tafakkur qilmoqda, yangicha harakat qilmoqda. Aholi davlat organlari bilan muloqot qilmoqda, o’z haq-huquqlarini talab qilmoqda. Bu tom ma’noda mamlakatda kuzatilayotgan yangi fenomen sifatida e’tirof etilishi mumkun. Ijtimoiy tarmoqlar siyosiy masalalarga ham jiddiy ta’sir ko’rsatish qudratiga ega. Aholi ijtimoiy tarmoqlar orqali erkin fikr bildirib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.
Missionerlik faoliyati O’zbekistonda qonun bilan taqiqlangan. Ayrim xalqaro ekspertlar ana shu normalardan voz kechish kerakligini ta’kidlashadi. Biroq mamlakatda dinlararo tenglik va hurmatni saqlash hamda havfsizlik nuqtai nazaridan missionerlik faoliyatini taqiqlash maqsadga muvofiq. Mohiyatan missionerlik faoliyati bir dinni boshqasi bilan solishtirish, bir e’tiqodni bishqasidan ustun qilib ko’rsatishga asoslanadi. Bu o’z navbatida dinlararo nifoqni yuzaga keltirishi mumkun.
Shundan kelib chiqib, biz ushbu taqiqni saqlab qolish tarafdorimiz. Xususan, ana shu masalada o’tkazilgan ijtimoiy so’rovlarda O’zbekiston aholisining 75 foizi taqiq saqlab qolinishini yoqlagan. Mazkur taqiq O’zbekiston aholisining xohish-irodasi sifatida ham amalda o’z kuchini yo’qotmaydi.
So’nggi bir yarim yil ichida O’zbekistonda mingdan ziyod qonunlar qabul qilindi. Ularni amalga tadbiq qilish bo’yicha katta infrastruktura yaratildi. Mingga yaqin mutasaddi xodimlar aholi bilan muloqot ishlariga jalb qilingan. O’ylaymizki, joriy o’zgarishlar diniy erkinlik, fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda davlat organlariga nisbatan aholi ishonchining ortishida muhim asos bo’ladi.
Facebook Forum