Breaking News

Yevropa Ittifoqi va Norvegiya Do'stum haqida qo’shma bayonot berdi


Yevropa Ittifoqi va Norvegiyaning Afg’onistondagi elchilari yaqinda mamlakatga qaytgan Vitse-prezident Abdul Rashid Do’stum haqida qo’shma bayonot berdi.

“General Do’stumga qarshi sud ishining qonunlar va huquqiy tartiblarga to’liq amal qilgan holda yakunlanishiga umid bildiramiz. Hech kim qonundan ustun emas”, deyiladi unda.

Bayonotda afg’on xalqining mamlakat bo’ylab tinchlik, barqarorlik va demokratiya o’rnatish maqsadida qonun ustuvorligiga to’liq rioya etgan tarzda birgalikda harakat qilishda davom etishlari muhim ekanligi qayd etilgan.

Eslatib o’tamiz, general Do’stum o’tgan yili mamlakatni tark etib Turkiyaga chiqib ketgan edi. Afg'oniston Vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do'stum o'zbek siyosatchi Akbarboyning uyiga hujum qilganlikda, Juzjon sobiq hokimi Ahmad Ishchini qiynoqqa solganlikda gumon qilinadi.

Inson huquqlari tashkilotlari, xalqaro organlar va G'arb davlatlari unga shubha bilan qarab, generalni qabih jinoyatlar ortida turganlikda ayblab keladi. Do'stum bu da'volarni inkor etadi. Xalqi va elati manfaatlari va tinchligi uchun kurashib kelayotganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG